Aposelemis toʻgʻoni

Aposelemis toʻgʻoni (grekcha: Φράγμα Αποσελέμη) – Aposelemis daryosidagi Potami va Avdou qishloqlari yaqinidagi eʼtiborga sazovor toʻgʻon. Aposelemis toʻgʻoni Gretsiyadagi Iraklion viloyatidan32 kilometr (20 mi) janubi-sharqda joylashgan. Aposelemis toʻgʻoni Krit orolidagi eng yirik suv boshqaruvi loyihasidir. Aposelemis toʻgʻoni Aposelemis koʻlini manbayi hisoblanadi, u Iraklion va Agios Nikolaos shaharlari uchun suv taʼminoti boʻlib hozirgacha xizmat qilmoqda. Bundan tashqari 300 000 aholisi boʻlgan Krit orolining turistik rivojlangan shimoliy qirgʻogʻi boʻylab 6 ta kichik qishloqlar va 19 ta ovullar uchun asosiy chuchuk suv taʼminoti boʻlib xizmat qiladi[1].
Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aposelemis toʻgʻonidan ushbu mintaqani suv bilan taʼminlash va toʻgʻon qurish haqidagi birinchi fikrlar 1970-yil yaqinida paydo boʻladi. 1980-1990-yillarda bir nechta tayyorgarlik ishlari yakunlandi va yakuniy qurilish tadqiqoti 2000-yilda tasdiqlandi. 2000-yillarning boshlarida mahalliy aholining kuchli qarshiliklariga qaramay[2] yoz faslida suvga boʻlgan katta ehtiyoj ustunlik qiladi va shundan soʻng qurilish shartnomasi 14.12.2004-yilda tenderga qoʻyiladi va 2005-yil 4-yanvarda topshirildi. Toʻgʻon qurilishi 2012-yilda boshlanadi, 2019-yil boshida esa hamrohlik ishlari oʻz yakuniga yetadi. Aposelemis toʻgʻoni oʻz yakuniga yetishi va Jami xarajatlar uchun 220 million yevrodan oshiq sarf-harajat qilinadi.

Sfendili qishlogʻi toʻgʻon suv ombori ichida va toʻldirish darajasidan pastda joylashgan edi, shuning uchun mahalliy alohi Sfendili qishlogʻini tark etishga toʻgʻri kelgan[2]. Toʻgʻon qurib bitkazilgandan soʻng qurgʻoqchil yillar davomida Sfendili qishlogʻi bir necha marta choʻkib, yana paydo boʻlib, mahalliy aholi oʻrtasida diqqatga sazovor joyga aylandi.
Qurilish tafsilotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Aposelemis toʻgʻoni oʻtkazmaydigan gil yadroli togʻ jinsiga toʻldirilgan. Balandligi – 61 metr (200 ft), uzunligi – 660 metr (2,170 ft)[1] boʻlib va fillitik togʻ jinslari ustiga qurilgan[3]. Yuqoridan oqayotgan suv oqimi uzunligi 231 metr, maksimal quvvati 1000 m3/sek. Suv omborining odatdagi hajmi taxminan 30 million m3 va foydalanishga yaroqlilik hajmi hajmi 27 million m3 ni tashkil qiladi[1]. Aposelemis suv ombori Aposelemis daryosidan tashqari Lasithi platosidan 3.5 kilometrli poʻlat quvurlar orqali suv bilan taʼminlanadi. Ushbu quvurlar 15% nishabli uzun tunnel shaklida qurilgan. Bundan tashqari toʻgʻon qoʻshimcha ravishda suv toshqini nazorati maqsadlarida ham xizmat qiladi. Toʻgʻon birinchi marta 2019-yilning fevral oyida toshib ketgandi[4].
Hozirgi kunda kunlik suvni tozalash hajmi 110.6 ming m3 boʻlgan suv tozalash inshooti 70 kilometrdan ortiq uzunlikdagi suv quvurlari orqali isteʼmolchilarni ichimlik suvi bilan taʼminlaydi.
Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- Space-O dan toʻgʻon haqida maʼlumot
- Krit Rivojlanish Tashkiloti vakili
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ 1,0 1,1 1,2 Καββαδάς, Μ.; Κοτσώνης, Α.; Σωµάκος, Λ.; Γκιόλας, Α.; Λαζαρίδου, Σ. (13–15 November 2008). "Γεωτεχνικά θέµατα του φράγµατος Αποσελέµη Κρήτης – Τεχνικά στοιχεία του έργου". Πρακτικά 1ου Πανελλήνιου συνεδρίου Μεγάλων Φραγμάτων. Λάρισα: ΤΕΕ. http://portal.tee.gr/portal/page/portal/teelar/EKDILWSEIS/damConference/eisigiseis/1.5.pdf.
- ↑ 2,0 2,1 Chifos, Carla; Doxastakis, Zaharias; Romanos, Michael C. (Mar 2019). "Public discourse and government action in a controversial water management project: the damming of the Aposelemis River in Crete, Greece". Water Policy 21 (3): 526–545. doi:10.2166/wp.2019.140. https://iwaponline.com/wp/article-pdf/21/3/526/572352/021030526.pdf.
- ↑ Karapanagiotis, I.; Somakos, L.; Gkiolas, A.; Lazaridou, S.; Kavvadas, M.; Marinos, P. (12–15 September 2011). "Geotechnical Aspects of Aposelemis Dam in Crete Island". 15th European Conference on Soil Mechanics and Geotechnical Engineering. 2. Athens. pp. 1153–1158.
- ↑ Υπερχείλισε για πρώτη φορά το φράγμα του Αποσελέμη www.lifo.gr, 26/2/2019.