Anvar Asadullayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Anvar Asadullayev
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anvar Samadovich Asadullaev
Tavallud sanasi 23-fevral 1970-yil
Tavallud joyi Tojikiston SSR
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Faoliyatini yakunlagan
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1990—1993 Pomir 4 (1)
1994—1997 Navbahor 95 (7)
1998—1999 Buxoro 39 (1)
Milliy terma jamoa
1992—1999 Tojikiston 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Anvar Samadovich Asadullayev (1970-yil 23-fevral , Tojikiston) — sovet va tojik futbolchisi, yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan[1].

Futbolchilik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bolalik vaqtida Dushanbe shahridagi bolalar va oʻsmirlar sport maktabida taʼlim olgan. 1990-yilda Dushanbening „Pomir“ jamoasining oʻrinbosarlar safida oʻynagan. U asosiy jamoadagi ilk oʻyinini 1990-yil 22-mayda SSSR kubogi 1/16 final bosqichida „Uralmash“ jamoasiga qarshi safarda (Dushanbe jamoasi 2:3 hisobida gʻalaba qozongan) oʻtkazdi. Anvar 1991-yilgi SSSR chempionatida asosiy jamoaga jalb qilina boshladi va toʻrtta oʻyinda maydonga tushdi. „Dnepr“ga qarshi safarda (2:1) oʻtgan uchravda Dushanbe jamoasi gʻalaba qozondi va Asadullayev gʻalaba golining muallifi boʻldi[2]. 1991/1992-yilgi mavsumda Pomir jamoasi bilan SSSR-MDH kubogi yarim final bosqichiga qadar yetib borgan.

1992-yil SSSR tugatilib yangi mustaqil respubliklar oʻz musboqalarini oʻtkaza boshlagan vaqtida „Pomir“ jamoasi tarkibida Anvar Tojikiston chempionatida ishtirok etgan. Ilk bor oʻtkazilgan musoboqada Pomir jamoasi 1992-yilgi Tojikiston chempionligini qoʻlga kiritdi. 1994-yilgi mavsumda O‘zbekiston Oliy ligasi jamoasi Namanganning „Navbahor“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Anvar „Navbahor“ jamoasi tarkibida 4 mavsum davomida (1994—1997-yillar) toʻp surdi va jamoaning muvaffaqiyatlariga musnosib hissa qoʻshdi. Namanganliklar tarkibida 1995-yilgi mavsumda Oʻzbekiston kubogi sohibi, 1996-yilgi mavsumda esa O‘zbekiston chempioni unvonlarini qoʻlga kiritdi. 1998-yil mavsum avvalida Buxoroning „Buxoro“ jamoasi yoʻnalishida klubini almashtirdi. Hakim Fuzaylov boshchiligidagi Buxoro jamoasi tarkibida 2 mavsum davomida toʻp surib, 2000-yilgi mvasum avvalida futbolchilik faoliyatini yakunladi.

Terma jamoa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tojikiston terma jamoasi safida 1992—1999-yillar oraligʻida beshta oʻyin oʻtkazgan.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy[tahrir | manbasini tahrirlash]

Individual[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Oʻzbekiston Respublikasi futbol boʻyicha sport ustasi: 1996
  • Futbol boʻyicha SSSR sport ustasi: 1991

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Асадуллаев Анвар“. 2023da asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Чемпионат СССР 1991. Высшая лига“. 2019-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 22-iyun.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]