Antrop tamoyil

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Antrop tamoyil, yoki „kuzatish tanlanishi effekti“ — dastlab 1957-yilda Robert Dicke tomonidan ilgari surilgan gipoteza boʻlib,[1] unga koʻra, olam haqida kuzatishlarimizning doirasi cheklangan boʻladi, yaʼni kuzatishlarimiz doirasi shunchaki ushbu kuzatishlar faqatgina aqlli hayotni taʼminlay oladigan olamdagina olib borilishi mumkinligi bilan cheklangan boʻladi.[2] Antrop tamoyil tarafdorlari fikricha ushbu tamoyil nega olamning aqlli hayotni shakllantirish va taʼminlash uchun zarur boʻlgan yosh va fundamental fizik konstantalarga ega ekanini tushuntiradi. Antrop tamoyil tarafdorlari baʼzilarning nega olamimiz aqlli hayotni shakllantirar darajada nozik sozlanganligi hodisasini tushuntirishga intiladi.

Antrop tamoyilning turli xil talqinlari mavjud boʻlib, faylasuf Nick Bostrom ulardan qirqtasini sanab oʻtadi va ularning asosida yotuvchi tamoyillarni ikki turga, ‘kuchli’ va ‘kuchsiz’ tiplarga boʻlinishini aytadi. Ular ilgari suruvchi kosmologik farazlari turlariga qarab turlarga boʻlinadi. Brandon Carter fikricha kuchsiz antrop tamoyilda (kuchsiz AT) bir qarashda olamning hayot shakllanishi uchun nozik darajada sozlanganligi muammosi kuzatuv obyektini tanlashdagi tarafkashlik (tirik qolish bilan bogʻliq tarafkashlik) bilan tushuntiriladi. Bunday argumentlarning koʻpchiligi koʻplab olamlar gipotezasiga tayanadi, chunki tanlanishdagi tarafdorlik boʻlishi uchun statistik jihatdan bir necha olamlar mavjud boʻlishini faraz qilishga majbur boʻlamiz. Lekin faqatgina nozik sozlanish muammosi bilan ish koʻrmaydigan kuchsiz AT ning koʻpchilik shakllari uchun yagona olamning oʻzi ham yetarlilik qiladi. Carter kuchsiz AT va kuchli antrop tamoyilni (kuchli AT) ni bir biridan farqlaydi. Kuchli AT ga koʻra, olam shunday yaratilganki unda ongli hayot shakllanishi muqarrardir.[3] Keyinchalik partisipator antrop tamoyili deb atalgan koʻrinishi John Archibald Wheeler tomonidan ishlab chiqilgan boʻlib, u kvant mexanikasiga asoslangan holda olamning mavjud boʻlishi shartlaridan biri uning kuzatilishi ekanini aytadi va bu bilan olamda faqatgina bizning kuzatuvchi emas ekanimizga ishora qiladi. Yanada ‘kuchliroq’ „soʻnggi antrop tamoyil“ ham ishlab chiqilgan boʻlib (John D. Barrow va Frank Tipler), unda olam strukturasi axborot koʻrinishida ifodalanishi mumkinligiga ishora qilib, bunday axborotni qayta ishlashning muqarrar va abadiy ekanini ilgari surishadi.[3]

Ibora inglizcha "Anthropic Principle" soʻzidan tarjima qilib olingan. Tamoyilning ishlab chiqilishiga olamning kuzatilishi natijasida uni tartibga soluvchi qonunlar va fundamental fizik parametrlarning Yerda hayot yuzaga kelishi uchun sharoit yaratuvchi qiymatga ega ekani toʻgʻrisidagi xulosalar sabab boʻlgan. Antrop tamoyilga koʻra, bu a posteriori zaruriyat, zero agar hayot imkonsiz boʻlganida, hech bir tirik mavjudot uni kuzata olmagan boʻlar edi, shunday ekan, buni bilish ham imkonsiz boʻlgan boʻlar edi. Yaʼni, modomiki olamning muayyan bir qismini kuzatish imkoni bor ekan, bunday olamning fundamental qonunlari va doimiylari ushbu ehtimolni roʻyobga chiqarar darajada, yaʼni kuzatuvchilarning, ongli mavjudotlarning hayoti uchun imkon berar darajada boʻlishi kerak.

Antrop tamoyildagi „antrop“ atamasi misnoma, yaʼni notoʻgʻri qoʻllanilgan soʻz sifatida koʻriladi. Hozirda mavjud boʻlgan hayot uglerodga asoslanadi, lekin yuqoridagi olamning nozik sozlangan parametrlarining birortasi inson hayoti tugul uglerodga asoslanuvchi hayotning mavjudligini ham talab qilmaydi. Har qanday hayot shakli, yoki har qanday ogʻir atom, tosh, yulduz, galaktika talabga toʻgʻri keladi; aynan inson yoki antrop xususiyatga ega narsa talab qilinmagan.

Antrop tamoyil bir qancha chalkashliklar va bahslarga sabab boʻlgan boʻlib, qisman bunga sabab ushbu iboraning bir-biridan oʻzgacha turli-tuman gʻoyalar uchun qoʻllanilganidir. Tamoyilning har bir koʻrinishi olamni fizik jihatdan chuqurroq tushunishga qiziqishni soʻndirishga sabab boʻladi, qabilidagi tanqidlarga uchragan. Antrop tamoyil odatda falsifikatsiya talabiga mos emasligi uchun ham tanqid qilingan, chunki Karl Popper tomonidan ishlab chiqilgan falsifikatsiya tamoyiliga koʻra nazariya ilmiy boʻlishi uchun uning xatoligini isbotlash imkoni boʻlishi kerak, yaʼni u falsifikatsiya

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Bostrom, Nick (2008). „Where are they? Why I hope the search for extraterrestrial life finds nothing“ (PDF). Technology Review. 72–77-bet.
  2. Bostrom, Nick. „Was the Universe made for us?“ (2020). — „The data we collect about the Universe is filtered not only by our instruments' limitations, but also by the precondition that somebody be there to 'have' the data yielded by the instruments (and to build the instruments in the first place)“. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
  3. 3,0 3,1 „Forms of the anthropic principle“. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.