Kontent qismiga oʻtish

Antoninlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Antoninlar — Rim imperatorlari sulolasi (96—192); sulolaning asoschisi imperator Nerva (96—98). Nerva, Trayan, Adrian, Antonin Piy, Mark Avreliy (Lutsiy Ver bilan birga) va Kommodlar Antoninlar sulolasidan. Antoninlar hukmronligida Italiya tushkunlikka uchradi. Bu davrda qulchilik tanazzulga uchrab, kolonlar mehnatidan keng foydalanildi. Pastki tabaqalarning behad ekspluatatsiya qilinishi viloyatlarda norozilik harakatlarining avj olishiga sabab boʻladi. Shulardan eng yirigi Bar-Koxba, Bukollar harakatlari edi. Antoninlar davrida imperiya chegarasiga varvarlar bostirib kira boshladi. Kommod hukmronligi davridan boshlab Antoninlar imperiyasi inqirozga uchraydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil