Anton Nazarikov
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Anton Valeryevich Nazarikov | ||
| Tavallud sanasi | 2-iyul 1980-yil | ||
| Tavallud joyi | Oʻzbekiston SSR | ||
| Boʻyi | 178 m (584 ft 0 in) | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1998—2001 |
| 12 | (0) |
| 2002 |
| 11 | (1) |
| 2003 |
| 27 | (1) |
| 2004 |
| ||
| 2004 |
| ||
| 2005 |
| ||
| 2008—2010 |
| ||
| 2010 |
| ||
| 2011—2012 |
| ||
| 2012—2013 |
| ||
| 2013 |
| ||
| 2014—2015 |
| ||
| 2016 |
| ||
| 2017 |
| ||
| 2018 |
| ||
| Boshqargan klublari | |||
| 2020 |
| ||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Anton Valeryevich Nazarikov (ruscha: Назариков, Антон Валерьевич; 1980-yil 2-iyul) – oʻzbek va rossiyalik futbolchi, hujumchi va yarim himoyachi, murabbiy.
Futbolchilik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbek futboli tarbiyalanuvchisi, maktabni Toshkentda tamomlagan. Anton professional futboldagi debyutini 1999-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ klubida boshlagan, uch mavsum davomida Oʻzbekiston Oliy ligasida 12 ta oʻyinda maydonga tushgan. 2001-yilda Oʻzbekiston chempioni boʻlgan, biroq oʻsha mavsumda bor-yoʻgʻi uchta oʻyin oʻtkazgan[1].
2002-yilda Qozogʻistonning „Tobol“ (Qoʻstana) klubiga oʻtgan. Nazarikov Qozogʻiston chempionatidagi debyut oʻyinini 2002-yil 30-iyunda „Atirau“ klubiga qarshi oʻtkazib, 76-daqiqada Aleksey Gerasimovni almashtirgan[2]. Anton ilk golini 2002-yil 13-iyulda „Qayrat“ darvozasiga kiritgan[3]. Anton „Tobol“ safida jami 11 oʻyin oʻtkazgan va ularning aksariyatida zaxiradan maydonga tushib, bitta gol urgan. 2003-yilda jamoasini oʻzgartirgan Anton, Qozogʻiston Premyer-ligasida „Batis“ (Uralsk) jamoasi safida oʻynab, 27 ta oʻyin oʻtkazgan va bitta gol urgan.
2004-yilda u Rossiyaga koʻchib oʻtgan. Koʻp yillar davomida u LFL va mintaqaviy chempionatda Moskva viloyati havaskor klublarida oʻynagan. Moskva va viloyat jamoalari uchun 8x8 futbol musobaqalarida oʻynagan[4].
2018-yildan boshlab Shchelkovo sport maktabida futbol va futzal boʻyicha murabbiy boʻlib ishlagan, 2005/2006-yillarda tugʻilgan jamoaga ustozlik qilgan[5][6]. 2020-yilning noyabr oyida u uchinchi divizion „Metalist“ (Korolyov) havaskorlar klubini boshqargan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Neftchi“: Oxirgi chempionlikka 15 yil
- ↑ „Atirau“ Atirau 2 : 0 „Tobol“ Kustanay
- ↑ „Tobol“ Kustanay 3 : 0 „Kayrat“ Alma-Ata
- ↑ Nazarikov Anton Valerevich
- ↑ „Xochetsya bolshe takix turnirov“ (Wayback Machine saytida 2022-09-30 sanasida arxivlangan)Andoza:Недоступная ссылка
- ↑ Perviy rozigrish „Orgxim-Otkritogo Kubka Rossii po mini-futbolu“[sayt ishlamaydi]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Anton Nazarikov FutbalFacts.ru veb-saytidagi profil
- Anton Nazarikov Moskva futbol federatsiyasi saytidagi profil
- 2-iyulda tugʻilganlar
- 1980-yilda tugʻilganlar
- Oʻzbekiston SSRda tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari
- Rossiyalik erkak futbolchilar
- Erkak futbol yarim himoyachilari
- Neftchi (Fargʻona) futbolchilari
- FC Tobol jamoasi futbolchilari
- FC Akzhayik futbolchilari
- Oʻzbekistonlik muhojir erkak futbolchilari
- Rossiyalik futbol murabbiylari
- Alifbo boʻyicha sportchilar