Anthony Lozano

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anthony Rubén Lozano Colón (talaffuzi: Entoni Ruben Lozano Kolon; 1993-yil 25-aprelda Gondurasda tugʻilgan) — gonduraslik futbolchi, „Cádiz“ futbol klubi va Gonduras terma jamoasi hujumchisi. 2016-yilgi Rio de Janeiro Olimpiadasi ishtirokchisi. Anthony Lozanoning akasi Luis Ramos ham professional futbolchi.

Anthony Lozano
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Anthony Rubén Lozano Colón
Tavallud sanasi 25-aprel 1993-yil (1993-04-25) (31 yosh)
Tavallud joyi Yoro, Gonduras
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Cádiz
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Platense
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2011 Olimpia 18 (5)
2011—2013 Valencia B 31 (1)
2011—2012 → Alcoyano (ijara) 23 (2)
2013—2017 Olimpia 64 (36)
2015—2017 → Tenerife (ijara) 62 (19)
2017—2018 Barcelona B 20 (4)
2018—2020 Girona 35 (1)
2019—2020 → Cádiz (ijara) 33 (10)
2020— Cádiz 72 (10)
Milliy terma jamoa
2009 Gonduras U17 8 (11)
2011 Gonduras U20 8 (3)
2012—2016 Gonduras U23 5 (4)
2011— Gonduras 40 (9)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(10-noyabr uchun)

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anthony Lozano oʻz faoliyatini „Olimpia“ futbol klubida boshlagan. 2009-yil 11-yanvarda „Vida“ futbol klubiga qarshi oʻyinda Gonduras chempionatida debyut qilgan. 2010-yil 21-fevralda „Viktoria“ futbol klubiga qarshi bahsda Anthony Lozano xet-trik qayd etib, jamoadagi ilk gollarini urgan[1].

Anthony Lozanoga koʻplab klublar qiziqish bildirishgan, u hatto bir muddat Angliyaning „Tottenham“ jamoasida mashgʻulot oʻtkazgan[2].

2011-yilda Anthony Lozano Ispaniyaning „Valencia“ yoshlar jamoasiga qoʻshilgan.

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anthony Lozano yoshlar tarkibida juda yaxshi oʻynagan. U terma jamoa safida 8 ta o‘yinda 11 ta gol urgan.

2011-yilda Gonduras yoshlar jamoasi tarkibida Anthony Lozano Gvatemaladagi CONCACAF yoshlar chempionatida ishtirok etgan[3][4]. Turnirda u Yamayka, Gvatemala va Panama jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[5]. Gvatemalaliklarga qarshi kechgan bahsda Anthony Lozano raqib darvozasiga gol kiritgan.

2011-yil 11-avgustda Venesuelaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Anthony Lozano ikkinchi boʻlimda Karlo Kostli oʻrniga maydonga tushgan va Gonduras terma jamoasida debyut qilgan[6].

2012-yilning yozida Anthony Lozano terma jamoaning Londondagi Olimpiada oʻyinlariga yoʻl oladigan tarkibga kiritilgan[7][8]. Turnirda u Ispaniya, Marokash, Braziliya va Yaponiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[9][10].

2014-yil 14-sentyabrda Markaziy Amerika kubogi doirasida Nikaraguaga qarshi o‘yinda u milliy terma jamoadagi ilk golini urgan[11].

2015-yilda terma jamoa tarkibida Anthony Lozano CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan[12][13]. Turnirda u Gaiti, AQSh va Panama terma jamoalariga qarshi oʻyinda maydonga tushgan[14].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Olimpia 2009—2010 7 4 7 4
2010—2011 11 1 14 2
Jami 18 5 21 6
Valencia B 2012—2013 31 1 31 1
Alcoyano (ijara) 2011—2012 23 2 1 0 24 2
Olimpia 2013—2014 33 15 8 1 44 17
2014—2015 31 21 7 5 44 30
Jami 64 36 15 6 88 47
Tenerife (ijara) 2015—2016 32 10 1 0 33 10
2016—2017 30 9 1 0 4 1 35 10
Jami 62 19 2 0 4 1 68 20
Barcelona B 2017—2018 20 4 20 4
Girona 2017—2018 14 1 14 1
2018—2019 20 0 6 2 26 2
2019—2020 1 0 1 0
Jami 35 1 6 2 41 3
Cádiz (ijara) 2019—2020 33 10 1 0 34 10
Cádiz 2020—2021 29 3 2 0 31 3
2021—2022 31 7 31 7
2022—2023 12 0 0 0 12 0
Jami 72 10 2 0 74 10
Umumiy faoliyatida 358 88 12 2 19 7 401 103

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Олимпия VS. Виктория 6:0“ (en). soccerway.com (2010-yil 21-fevral).
  2. Spurs take Central American starlet on trial (Wayback Machine saytida 2010-09-27 sanasida arxivlangan); Give Me Football, 13 August 2010
  3. „Гватемала (до 20) VS. Гондурас (до 20) 1:3“ (en). soccerway.com (2011-yil 3-aprel).
  4. „Гондурас (до 20) VS. Ямайка (до 20) 2:1“ (en). soccerway.com (2011-yil 11-aprel).
  5. „Гондурас (до 20) VS. Панама (до 20) 0:2“ (en). soccerway.com (2011-yil 7-aprel).
  6. „Гондурас VS. Венесуэла 2:0“ (en). soccerway.com (2011-yil 11-avgust).
  7. „Испания (до 21) VS. Гондурас (до 21) 0:1“ (en). soccerway.com (29 июля 2012).
  8. „Гондурас (до 21) VS. Марокко (до 21) 2:2“ (en). soccerway.com (26 июля 2012).
  9. „Япония (до 21) VS. Гондурас (до 21) 0:0“ (en). soccerway.com (1 августа 2012).
  10. „Бразилия (до 21) VS. Гондурас (до 21) 3:2“ (en). soccerway.com (4 августа 2012).
  11. „Гондурас VS. Венесуэла 1:0“ (en). soccerway.com (2014-yil 14-sentyabr).
  12. „США VS. Гондурас 2:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 8-iyul).
  13. „Гаити VS. Гондурас 1:0“ (en). soccerway.com (2015-yil 14-iyul).
  14. „Гондурас VS. Панама 1:1“ (en). soccerway.com (2015-yil 11-iyul).