Annahita Zamanian

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Annahita Zamanian
Zamanian Paris Saint-Germain safida, 2018-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Annahita Le Loc’h Zamanian Bakhtiari[1]
Tavallud sanasi 19-fevral 1998-yil (1998-02-19) (26 yosh)
Tavallud joyi London, Angliya
Boʻyi 1.63 m
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Juventus
Raqami 19
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013–2015 Göteborgs DFF 35 (88)
2016–2018 Kopparbergs/Göteborg 34 (4)
2018–2020 Paris Saint-Germain 7 (0)
2020– Juventus 42 (4)
Milliy terma jamoa
2014 France U16 3 (1)
2014 France U17 1 (1)
2018 France U20 13 (1)
France U23 6 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 24-aprel uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2022-yil 27-avgust uchun)

Annahita Le Locʻh Zamanian Bakhtiari (forscha: آناهیتا زمانیان بختیاری. a 1998-yil 19-fevralda tugʻilgan) - A Seriyaning Juventus klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydigan professional futbolchi[2]. Angliyada tugʻilgan. Otasi eronlik va onasi fransuz. Annahita Zamanian Britaniya va Fransiya fuqaroligiga ega; u Fransiyani xalqaro miqyosda yoshlar darajasida himoya qilgan.

Yoshligi va shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Annahita Zamanian Londonda Brittanida tugʻilgan[3] va toʻrt yoshida Shvetsiyaga koʻchib oʻtgan. Umrining koʻp qismini Shvetsiyada oʻtkazganiga qaramay, Shvetsiya pasportiga ega emas[3]. U Fransiya va Britaniya fuqaroligiga ham ega[3]. U Fransiya U-16 va U-17 terma jamoalarida oʻynagan[4][5].

Annahita Zamanian ingliz, fransuz, fors va shved tillarini yaxshi biladi[3].

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Annahita Zamanian oʻzining katta faoliyatini Göteborgs DFF vakili sifatida boshlagan. Damallsvenskanda Kopparbergs/Göteborg jamoasida oʻynaganidan soʻng, Annahita Zamanian 2018-yilda Paris Saint-Germainda oʻynay boshladi[6]. U 2018-19-yilgi mavsumda ilk marta PSG safida UEFA Ayollar Chempionlar Ligasining pley-off bosqichida maydonga tushgan[7].

2020-yil 2-yanvar kunida Annahita Zamanian A Seriya chempioni Juventusga oʻtdi[8]. U mavsumni muvaffaqiyatli boshlaganidan soʻng 2020-yil iyun oyida shartnomasini yangiladi. Debyut golini esa 2020-yil 12-yanvarda kiritdi[9]. 2020-yil 25-iyun kuni Juventus A Seria liga chempioniga aylandi[10].

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yoshlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Annahita Zamanian 2018-yilgi FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Fransiyaning 20 yoshgacha boʻlgan ayollar milliy terma jamoasiga taklif etilgan[11].

Klubdagi statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

24 April 2022
Klub Mavsum Liga Kubok Kontinental Boshqa Jami
Boʻlim Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Kopparbergs/Göteborg 2016-yil Damalsvenskan 11 2 3 1 14 3
2017-yil 18 0 1 0 19 0
2018 5 2 0 0 5 2
Jami 34 4 4 1 38 5
Paris Saint-Germain 2018–19 1-boʻlim 7 0 2 1 3 0 12 1
2019–20 0 0 0 0 2 0 2 0
Jami 7 0 2 1 5 0 14 1
Juventus 2019–20 A seriya 5 1 1 1 6 2
2020–21 19 2 4 2 1 0 1 0 25 4
2021–22 15 0 5 0 8 1 2 0 30 1
Jami 39 3 10 3 9 1 3 0 61 7
Jami faoliyat 80 7 16 5 14 1 3 0 113 13

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Juventus FK[10]

  • A Seriya : 2019–20, 2020–21, 2021–22
  • Italiya kubogi : 2021–2022
  • Italiya Superkubogi : 2020–21, 2021–22

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Annahita uttagen till det franska U20-landslaget! | Kopparbergs/Göteborg FC“. 2019-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 1-noyabr.
  2. „A. ZAMANIAN“. Qaraldi: 29-iyul 2019-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Le Loc'h-Zamanian, Bigoudène de Suède“ (French). Le Télégramme (9-mart 2018-yil).
  4. „Annahita Le Loc'h Zamanian entre France et Suède“ (French). outsider-mag.fr (20-oktabr 2014-yil). 8-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-iyun 2016-yil.
  5. „Jag blev jättechockad när de ville ha mig“ (Swedish). expressen.se (18-aprel 2016-yil). Qaraldi: 23-iyun 2016-yil.
  6. à 09h25. „PSG féminin : l'inclassable Zamanian, mi-iranienne, mi-bretonne et un peu suédoise“. leparisien.fr (17-oktabr 2018-yil).
  7. „Paris - UWCL - Squad“. UEFA.com.
  8. „Annahita Zamanian è bianconera!“. Juventus.com. Qaraldi: 2020-yil 2-yanvar.
  9. „Juventus Women, the fantasist Zamanian renewed until 2021“ (18-iyun 2020-yil). [sayt ishlamaydi]
  10. 10,0 10,1 „OFFICIALLY OFFICIAL: Juventus Women awarded the Scudetto after all“. Black & White & Read All Over (25-iyun 2020-yil).
  11. „FIFA U-20 Women's World Cup 2018 - News - Delabre penalty sends France through - FIFA.com“. www.fifa.com.