Bretan (tarixiy viloyat)
Qiyofa
Bretan — Fransiyaning gʻarbiy qismidagi tarixiy viloyat. Bretan hududida Finister, KotdyuNor, Morbian, Il va Vilen, qisman Atlantika Luarasi (Quyi Luara) departamentlari bor. Maydoni 27,2 ming km². Aholisi 2,8 mln. kishi (1992). Bosh shahri — Ren. IX asr oʻrtalaridan gersoglik. XII asr 2-yarmi — XIII asrda Angliya, soʻngra Fransiya qirollarining vassali. 1491-yildan Fransiya bilan shaxsiy uniya (ittifoq)da. 1532-yilda Fransiyaga qoʻshib olingan. 1790-yilgacha provinsiya maqomida boʻlgan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |