Anna kartoshkasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anna kartoshkasi (fransuzcha: Pommes Anna) ― klassik fransuz taomi. Qat-qat kesilgan kartoshka juda katta miqdorda eritilgan sariyogʻda pishiriladi.

Masalligʻi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kartoshka, sariyogʻ, tuz, maydalangan murch.

Retsepti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Taom tarkibi kartoshka va sariyogʻni oʻz ichiga oladi. Kartoshka tozalanib, juda nozik boʻlaklarga boʻlinadi, soʻngra tuz va qalampir sepiladi. Tayyorlangan boʻlaklar tovaga joylashtiriladi, yogʻ qalin quyiladi va qobiq paydo boʻlguncha pishiriladi/qovuriladi. Taomga qaymoqli taʼm beradigan yogʻ, pishirish paytida karamellashadi va qobiqni hosil qiladi. Kartoshkani har oʻn daqiqada tashqi tomondan qobiqlar oltin va tiniq boʻlguncha aylantirib turish kerak.

Kartoshka qovurilgandan soʻng, diametri 6-8 dyuym (15-20 sm) va balandligi taxminan 2 dyuym (5,1 sm) boʻlgan idishga pirog shaklida joylanadi[1]. Taom xanjar shaklidagi boʻlaklarga boʻlinadi va oʻsha zahotiyoq, odatda qovurilgan goʻsht bilan dasturxonga tortiladi.

Fransiyada ushbu taomni tayyorlash uchun la cocotte à pommes Anna deb nomlanuvchi misdan tayyorlangan maxsus dumaloq shakl — idish ishlab chiqariladi. Shakl yuqori va pastki qismlardan iborat boʻlib, ular bir-biriga oʻrnatiladi. Bu taomni pishirish choʻgʻida pastki tomonni yuqoriga qilib aylantirish imkonini beradi. Taomni tayyorlash taxminan 60 daqiqa davom etadi.

Anna kartoshkasi taomi Napoleon III davrida Karemning shogirdi oshpaz Adolf Dugleret tomonidan birinchi marta tayyorlangan, deb ishoniladi. Dugleret XIX asrda Parijning mashhur restorani Café Angletda oshpaz boʻlgan chogʻida shu taomni pishirgan. Taom ikkinchi imperiyaning mashhur kurtizankasi Anna Deslions[2][3]sharafiga shunday nomlangan. Boshqa manbalarga koʻra, taom aktrisa Dame Judich (haqiqiy ismi Anna Damiana) sharafiga nomlangan boʻlishi mumkin.

„Anna“ nomi kartoshkaning bir nechta navlari tomonidan ham qoʻllaniladi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Djuliya Chayld (1970), Осваивая искусство французской кухни, tom. 2, Alfred Knopf Inkorporeyted
  2. Rogov, Daniel. „Rogov's Ramblings“. Art and Betsy Stratemeyer. 12-yanvar 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2013-yil.
  3. Lichnaya stranitsa Iv Xaotov-Marshan

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Erhard Gorys. Annakartoffeln // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 22. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9.
  • Charles Sinclair. pommes Anna // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 452. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]