Kontent qismiga oʻtish

Anna Maria Żukowska

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Anna Maria Żukowska
Anna Maria Żukowska
Polsha Respublikasi Seymidagi „Yangi soʻl“ fraksiyasi raisi
Mansab davri
2023-yil 12-dekabrdan
Oʻtmishdoshi Krzysztof Gawkowski
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 11-iyun 1983-yil (1983-06-11) (41 yosh)
Varshava, Polsha
Fuqaroligi Polsha bayrogʻi Polsha
Taʼlim Varshava universiteti
Kasbi siyosatchi, huquqshunos

Anna Maria Żukowska (polyakcha: Anna Maria Żukowska) — polshalik huquqshunos, filolog va siyosiy faol. Shu bilan birga, Yangi soʻl partiya aʼzosi, soʻl parlament klubi rahbari[1].

2019-yildan buyon Polsha Respublikasi Seymining 9 va 10-chaqiriqlari deputati.

Maria Żukowska 1983-yil 11-iyunda tugʻilgan[2][3]. Bolaligi Varshavaning Mokotov tumanida oʻtgan[4].

Varshavadagi 42-maktabda tahsil olgan. Mashhur aktyor Anjey Szepkovskining nabirasi aktrisa Xanna Konarovska bilan bir sinfda tahsil olgan.

Varshava universitetining zamonaviy tillar fakultetida bakalavr darajasini olgan Maria Żukowska 2015-yilda shu universitetning huquq va menejment fakultetida yuridik taʼlim magistri darajasiga ham ega boʻladi[2].

Shu bilan birgalikda onasi Anna Maria bilan oilaviy biznesni ham boshqargan[4].

Siyosiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Demokratik soʻl kuchlar ittifoqi (DSK) aʼzosi boʻlgan Anna Maria 2010-yil 21-noyabrda boʻlib oʻtgan mahalliy saylovlarda Mokotov tumanidan nomzod qilib koʻrsatilgan. Ammo yakunda lavozimga saylanmagan.

2010—2013-yillarda DSK yoshlar tashkiloti Yosh sotsial-demokratlar federatsiyasi Varshava boʻlimi raisi boʻlgan[3].

2011—2015-yillarda Butun Polsha yahudiy yoshlar tashkiloti boʻlimi boshligʻi[3].

Varshavada tashkil etilgan Tenglik paradi tashkiloti qoʻmita aʼzolaridan biri boʻlgan[3].

2012-yildan ariya DSQ matbuot kotibi, shuningdek, 2015-yil 25-oktyabrda boʻlib oʻtgan parlament saylovlarida ishtirok etish uchun tuzilgan Birlashgan soʻl koalitsiya saylov shtabining matbuot kotibi boʻlgan[4].

2016-yil fevralida Vlodzimej Chajasti DSKning yangi raisi etib saylangach, Anna Maria isteʼfoga chiqqan Dariush Yonski oʻrniga SSC matbuot kotibi lavozimiga tayinlangan. Ushbu lavozimni egallagan ilk ayol boʻlgan[4]. 2021-yil yanvar oyida DSK matbuot kotibi lavozimidan ketgan.

2016-yildan Polshada abort qonunchiligining qattiqlashuviga qarshi oʻtkazilgan „ayollar ish tashlashi“ faollaridan biri boʻlib kelgan[5].

2018-yil 21-oktyabrda boʻlib oʻtgan mahalliy saylovlarda Varshava shahar kengashi deputatligiga nomzodi koʻrsatilgan, biroq saylanmagan.

2019-yil 13-oktyabrda boʻlib oʻtgan parlament saylovlari natijalariga koʻra, 18 864 ovoz bilan 19-Varshava saylov okrugidan Polsha Seymining 9-chaqiriq deputati etib saylangan[2][3]. Adliya va inson huquqlari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Konstitutsiyaviy masʼuliyat qoʻmitasi aʼzosi, soʻl fraksiya matbuot kotibi boʻlgan. Oktyabr oyida DSK parchalanganidan keyin Yangi soʻl partiyaga aʼzo boʻladi. 2023-yil 15-oktyabrda boʻlib oʻtgan parlament saylovlari natijalariga koʻra, 38 ming 426 ovoz bilan 19-Varshava saylov okrugidan 10-Polsha seymiga deputat etib saylangan[6].

2023-yil 13-noyabr kuni X chaqiriq Seymning birinchi sessiyasi arafasida oʻtkazilgan matbuot anjumanida deputatlar Katarjina Kotula va Anna Maria Żukowska, shuningdek, senator Magdalena Bejat Seymga ikkita: liberallashtirish va abort toʻgʻrisidagi qonun loyihalari kiritilishini eʼlon qilganlar[7].

2023-yil 14-noyabrda Anna Maria Żukowska Seym tomonidan deputatlarning 245 ovozi bilan Milliy sudyalar kengashiga saylangan. Vakolatlari sud tizimini shakllantirishdan iborat[8].

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anna Maria Żukowskaning Amelia ismli qizi bor (2005)[9]. Biseksual, 2018-yilda buni ommaga maʼlum qilgan[10].

  1. „Prezydium Klubu Parlamentarnego Lewicy“ (pl). klub-lewica.org.pl (2023-yil 13-dekabr).
  2. 2,0 2,1 2,2 „Anna Maria Żukowska“ (pl). Сейм Польши. 2023-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-noyabr.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 „O mnie“ (pl). zukowska.com.pl. 2023-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-noyabr.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 „Anna Maria Żukowska nową rzeczniczką SLD!“ (pl). Super Express (2016-yil 3-fevral). 2023-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-noyabr.
  5. „Левые партии Польши собирают подписи в поддержку референдума об абортах“. РИА Новости (2016-yil 3-oktyabr). 2023-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-noyabr.
  6. „Anna Maria Żukowska“ (pl). Сейм Польши. 2023-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 18-noyabr.
  7. „Польские левые хотят легализовать аборты“. РФО «ОНА» (2023-yil 15-noyabr). 2023-yil 17-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 17-noyabr.
  8. Марочкин И. Е. Органы, обеспечивающие формирование судейского корпуса // Проблемы законности. — 2012. — № 120. Архивировано 18 noyabr 2023 года.
  9. „Anna-Maria Żukowska“ (pl). lewica2019.pl. 2020-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Biseksualny coming out. Twarz SLD ujawnia swoją orientację!“ (pl). www.se.pl. 2021-yil 9-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-dekabr.