Anna Kantane

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anna Kantane (qizlik familyasi: Ivanow; 1995-yil 7-aprelda tugʻilgan) — polshalik ayol shaxmatchi. U FIDE xalqaro ayol ustasi unvoniga ega (WIM).

Anna Kantane

Anna Kantane 2022-yilda
Mamlakat Polsha bayrogʻi Polsha
Tugʻilishi 7-aprel 1995-yil (1995-04-07) (29 yosh)
Wrocław, Polsha
Saravha Xalqaro ayol shaxmat ustasi
FIDE reyting [1] (fevral 2024) 2252 (fevral 2020-yil)
Yuqori reytingi 2333 (iyul 2016-yil)

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Anna Kantane shaxmat turnirlarida sezilarli muvaffaqiyatlarga erishishni boshlagan vaqtida hali juda yosh edi. 2005-yilda u 10 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan turnir va xuddi shu yilgi shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2007-yilda Kantane 12 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Polsha yoshlar chempionati va Yevropa yoshlar oʻrtasidagi shaxmat chempionatida kumush medaliga sazovor boʻldi. 2008-yilda u 14 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Polsha chempionatida gʻolib boʻlgan boʻlsa, 2011-yilda 16 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Polsha chempionatida ham bu muvaffaqiyatni yana bir bor takrorladi. 2011-yilda u Wroclaw shaxmat klubi KSz Polonia Wroclaw bilan Polshaning ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jamoaviy chempionligini qoʻlga kiritdi.[1] 2012-yilda Anna Kantane 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida shaxmat boʻyicha Polsha chempionatida bronza medali sovrindori boʻldi. 2013-yilda Marianské Lazne shahrida boʻlib oʻtgan Xalqaro shaxmat festivali „B“ turnirida qatnashib, 2-oʻrinni egalladi.[2]

Anna Kantane Polsha terma jamoasi safida dona surgan, jumladan:

  • 2013-yilda shaxmat boʻyicha ayol jamoalari oʻrtasidagi Yevropa chempionatida;[3]
  • 2013-yilda shaxmat boʻyicha 18 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasidagi Yevropa jamoaviy chempionatida ishtirok etib, jamoaviy bahsda kumush, shaxsiy bahsda oltin medalni qoʻlga kiritdi.[4]

2012-yilda Anna Kantane FIDE ayol xalqaro ustasi (WIM) unvoniga sazovor boʻldi.[5]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Anna Kantane latviyalik shaxmat grossmeysteri Toms Kantansga (1995-yilda tugʻilgan) turmushga chiqdi.[6]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „4th Polish Women's Team Chess Championship, Wrocław 2011, KSz Polonia Wrocław“. OlimpBase.org. Qaraldi: 13-aprel 2019-yil.
  2. „Open Marianske Lazne 2013 – B – mistrovsky turnaj“. Chess-Results.com. Qaraldi: 13-aprel 2019-yil.
  3. „European Women's Team Chess Championship :: Anna Iwanow“. OlimpBase.org. Qaraldi: 13-aprel 2019-yil.
  4. „European Girls' U18 Team Chess Championship :: Anna Iwanow“. OlimpBase.org. Qaraldi: 13-aprel 2019-yil.
  5. „Title Applications (WIM)“. ratings.FIDE.com. Qaraldi: 13-aprel 2019-yil.
  6. „SZACHARNIA 2008 : Kolejne międzynarodowe, szachowe małżeństwo. W rolach głównych nasza Ania Iwanow i Toms Kantans z Łotwy. Niech Wam się wiedzie!!“ (polyakcha). szacharnia.blogspot.com (2015). Qaraldi: 13-aprel 2019-yil.