Anhor (qoʻshiq)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Anhor boʻyidadan yoʻnaltirildi)
„Anhor“
„Bojalar“ qoʻshigʻi
Janr pop musiqa
Davomiyligi 3:53
Matn muallif(lar)i „Radius 21“
Bastakor(lar) Radius 21
Klipi
„Anhor“ YouTubeda

Anhor“ („Anhor boʻyida“ deb ham nomlanadi) — „Bojalar“ oʻzbek musiqiy guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruh repertuaridagi eng keng tanilgan taronalarning biri.[1] Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham oʻzbek reperi „Radius 21“ (haqiqiy ismi Shahzod Gʻulomov) yozgan.[2]

„Bojalar“ guruhining boshqa aksar qoʻshigʻi kabi, „Anhor“ ham hazil sheʼrga bastalangan. Qoʻshiq guruh aʼzosi Moʻmin Oripov vafot etishidan oldin yozib olingan taronalarning biridir. Qoʻshiqning remiksi guruhning 2015-yil eʼlon qilingan „Buxoro“ nomli terma albomiga kiritilgan[3].

Qoʻshiq uchun guruh aʼzolari Jahongir Poziljonov hamda Oripov ishtirokida qishloq manzaralari aks etgan klip suratga olingan. Klip 2013-yil YouTubega yuklanganidan keyin 2022-yil avgustiga qadar 11 million martadan oshiq koʻrilgan.[4]

2019-yil „Bojalar“ guruhi qoʻshiqni yangi talqinda kuylagan. Botir Aliyev aranjirovka qilgan yangi versiya uchun klip suratga olingan.[5]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „«Божалар» Мўмин Ориповнинг ўлимидан кейин бачканалашиб кетдими? (видео)“. Zamin (25-oktyabr 2020-yil). Qaraldi: 7-avgust 2022-yil.
  2. „Жаҳонгир Позилжонов "Анҳор"ни янги талқинда куйлади“. Popcorn (10-avgust 2019-yil). Qaraldi: 12-avgust 2022-yil.
  3. „Buxoro“. Spotify. Qaraldi: 27-noyabr 2022-yil.
  4. „Bojalar - Anhor boʻyida“. YouTube (26-iyun 2013-yil). Qaraldi: 10-avgust 2022-yil.
  5. „Bojalar - Anhor“. YouTube (9-avgust 2019-yil). Qaraldi: 10-avgust 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]