Androgenlarga ta'sirsizlik sindromi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Androgenga nisbatan ta'sirsizlik sindromi (mana shu garmonga nisbatan reaksiya bermaslik)( AIS ) – bu androgen retseptorlari disfunksiyasi tufayli gormonal qarshilikni o'z ichiga olgan jinsiy rivojlanishdagi farq .[1]

Bu 20 000 dan 64 000 XY ( karyotipik erkak) tug'ilishdan 1 tasiga ta'sir qiladi. Vaziyat, hujayralarning androgenlarga javob bera olishiga qisman yoki to'liq qobiliyatsiz bo'lishiga olib keladi. Bu javobsizlik erkak jinsiy a'zolarining rivojlanishiga putur yetkazishi shuningdek, balog'at yoshidagi erkaklarning ikkinchi darajali jinsiy xususiyatlarini rivojlanishiga to'sqinlik qilishi mumkin. Bu ayollarning jinsiy rivojlanishiga sezilarli darajada putur etkazmaydi. Shuning uchun androgenlarga befarqlik faqat genetik erkaklarda (ya'ni, Y-xromosoma yoki aniqrog'i, SRY geni bo'lgan shaxslarda) paydo bo'lganda klinik ahamiyatga ega.

  1. Legato, Marianne J.. Principles of Gender-Specific Medicine: Gender in the Genomic Era (en). Academic Press, 2017-05-15 — 34 bet. ISBN 978-0-12-803542-9.