Andris Liepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andris Liepa
Tavalludi 6-yanvar 1962-yil (1962-01-06) (62 yosh)
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSRRossiya bayrogʻi Rossiya
Kasbi Baletmeyster, prodyuser
Otasi Maris Liepa
Onasi Margarita Jigunova

Andris Marisovich Liepa (latishcha: Andris Liepa; 1962-yil 6-yanvar, Moskva, SSSR) – sovet va rus balet solisti, teatr rejissyori va prodyuseri, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (2009)[1]. Otasi SSSR xalq artisti Maris Liepa nomidagi xayriya fondi asoschisi[2].

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andris Liepa 1962-yil 6-yanvarda Moskvada SSSR xalq artisti Maris Liepa va Moskva drama teatri aktrisasi Margarita Jigunova oilasida tugʻilgan[3]. Uning ismini bobosi Andrey Liepa sharafiga qoʻygan. Opasi – Ilze Liepa balet raqqosi, aktrisa, Rossiya Federatsiyasi xalq artisti (2002), oʻgay opasi – Mariya Liepa, opera xonandasi.

Bolaligida Andris qishki va yozgi taʼtilni otasining Rigadagi uyida, buvisi Liliya va bobosi Andrey Liepa bilan birga oʻtkazgan. Rigada balet bilan shugʻullana boshlagan.

1981-yilda u IV Xalqaro balet tanlovi laureati boʻldi[4].

Kollejni tugatgach, u Katta teatr baletining solisti boʻldi. Ushbu truppadagi sakkiz yillik faoliyati davomida u teatr klassik repertuaridagi baletlarda bosh rollarni ijro etgan. U Vashingtondagi spektakl chogʻida ogʻir jarohat olib, sahnani tark etdi[5].

Keyinchalik Kreml balet teatrining badiiy rahbari va bosh xoreografi sifatida faoliyatini olib borgan[6]. Ketma-ket 17 yil davomida u Moskvadagi Gostiniy Dvorda yangi yil archalari va yangi yil toʻplarini oʻtkazish uchun mas’ul oʻlgan[4].

1990-yillarda Latviya milliy operasi direktori Andrey Jagars Rigaga, „Petrushka“, „Olovli qush“ va „Rossiya fasllari“ operasida Shehrazadani sahnalashtirgan Andris Liepani hamkorlikka taklif qiladi[4].

1999-yil iyun oyida Latviya Respublikasi Seymi Andris Liepaga maxsus xizmatlari uchun Latviya fuqaroligini berdi.

2007-yilda u Latviyaning eng oliy mukofoti – "Uch yulduz" ordeni bilan taqdirlangan.

2019-yil 16-yanvardan 2022-yil 22-sentabrgacha – Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat akademik katta teatrining badiiy rahbari va bosh xareografi boʻlgan[7].

2014-yilda Andris Liepa „Andris Liepa Production“ madaniyat va taʼlim sohasidagi loyihalar va dasturlarni ishlab chiqish markazi, shuningdek, Rossiya hamda chet ellarda gastrol dasturlarini tashkil etuvchi, gala-konsertlar oʻtkazadigan prodyuserlik markazini tashkil etdi.

2018-yilda Rimdagi Palazzo Polida boʻlib oʻtgan „Rossiya Rim“ xalqaro madaniyat festivali laureati boʻldi.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Указ Президента РФ от 21.04.2009 № 438 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“. 2013-yil 19-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 15-may.
  2. „МАРИС ЛИЕПА | Blagotvoritelniy fond imeni Marisa Liepi“. 2011-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-dekabr.
  3. „Илзе Лиепа. Страницы Биографии“. 2013-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 3-mart.
  4. 4,0 4,1 4,2 Алексей Стефанов. „Андрис Лиепа: «Мечта открыть в Риге музей Мариса Лиепы еще не угасла…» :: Freecity.lv“. Открытый город. www.freecity.lv (2018-yil 23-dekabr). 2019-yil 1-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 11-mart.
  5. „ЛИ(Е)Пта в развитие балетного искусства“. 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-mart.
  6. „Театр «Кремлёвский балет»“. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 14-mart.
  7. „Андрис Лиепа стал балетмейстером ГАБТ Узбекистана“. 2019-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-avgust.