Andrija Kaluđerović

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andrija Kaluđerović
Kaluđerović Beijing Guoan tarkibida
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andrija Kaluđerović
Tavallud sanasi 5-iyul 1987-yil (1987-07-05) (36 yosh)
Tavallud joyi Bačka Topola, SR Serbia,
SFR Yugoslavia
Boʻyi 1.81 m
Ampluasi Striker
Klub maʼlumoti
Joriy klub
OFK Beograd
Raqami 9
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
AIK Bačka Topola
OFK Beograd
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2003–2008 OFK Beograd 52 (12)
2004Njegoš Lovćenac (loan) 1 (0)
2005Mačva Šabac (loan) 1 (0)
2005Hajduk Beograd (loan) 13 (5)
2006Spartak Subotica (loan) 30 (11)
2007Radnički Pirot (loan) 1 (0)
2009–2010 Rad 45 (21)
2010–2012 Red Star Belgrade 43 (19)
2012–2014 Beijing Guoan 11 (2)
2012–2013Racing Santander (loan) 18 (3)
Milliy terma jamoa
2005 Serbia and Montenegro U19[lower-alpha 1] 1 (0)
2007 Serbia U21 7 (2)
2008 Serbia U23 2 (0)
2010–2011 Serbia 3 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 21-iyul uchun)

Andrija Kaluđerović (talaffuzi: Andriya Kaludjerovich ; 1987-yil 5-iyulda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi, OFK Beograd jamoasida hujumchi sifatida toʻp suradi.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2003-yil 13-dekabrda 16 yoshida Kaluđerović OFK Beograd jamoasidagi debyutini Stevika Kuzmanovski murabbiyligi ostida o‘tkazgan va bu o‘yinda Hristijan Kirovskining o‘rniga “Budućnost Banatski Dvor”ga qarshi oʻyinda maydonga tushgan. U keyingi uch mavsumning ko'p qismini turli klublarda, xususan Serbiya Birinchi Ligasida "Spartak Subotitsa"da ijarada o'tkazgan. 2009-yil qishki transfer oynasida Kaluđerović OFK Beograddan Serbiya Superligasining boshqa klubi Radga koʻchib oʻtgan.

Red Star Belgrad[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yil avgust oyida Kaluđerović "Srvena Zvezda" bilan uch yillik shartnoma imzolagan. U 2010—2011-yilgi mavsumda Ivitsa Iliev bilan bir xil 13 ta gol urgan holda liganing eng yaxshi to'purari bo'lgan. 2012-yilning fevralida Kaluđerović Xitoy Superligasi klubi "Beijing Guoan"ga transfer qilingan.

2013-yil iyul oyida Kaluđerović Serbiyaga qaytib, "Voyvodina" jamosi tarkibida bir mavsumga ijara asosida oʻynagan[1]. Keyinchalik uning ijarasi 2014-yilning yanvarida Kiprning AEL Limassol klubiga o'tkazilgan[2].

Brisbane Roar[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil 29-yanvarda Brisbane Roar 2014—2015-yilgi A-liganing qolgan qismida serbiyalik futbolchini sotib olganliklarini e'lon qilgan. Klubga kelgach, Kaluđerović 2012-yilgi Osiyo Chempionlar Ligasida, keyin esa Pekin Guoan safiga kelganidan beri "Roar" tarkibiga oʻtib Avstraliyada o'ynashni orzu qilganini aytgan[3]. U jamoadagi debyutida ilk golini Central Coast Marinersga qarshi o'yinda (2:0) kiritgan.

Wellington Phoenix[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yil 15 avgustda Kaluđerović bir yillik shartnoma asosida Wellington Phoenix jamoasida o'ynash uchun A-ligaga qaytishini e'lon qilgan[4]. U 2017—2018-yilgi mavsumda 9 gol bilan jamoaning eng yaxshi to'purari bo'lgan.

Olimpija Ljubljana[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yil iyun oyida Kaluđerović Sloveniya chempioni Olimpija Ljubljana bilan ikki yillik shartnoma imzolagan[5]. Biroq u klubda bor-yo'g'i ikki oyqolgan va birorta oʻyinda maydionga tushmagan.

Delhi Dynamos[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning avgust oyida Kaluđerović Hindiston Superligasi klubi Delhi Dynamos bilan shartnoma imzolagan[6].

Inter Zaprešić[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil yanvar oyida Kaluđerović Xorvatiyaning "Inter Zaprešić" klubi bilan shartnoma imzolagan[7]. 2021-yilda Kaluđerović Oʻzbekiston chempionati ishtirokchisi Qarshining Nasaf futbol klubi bilan shartnoma imzolagan. Oradan bir yil oʻtib u klubni tark etgan

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

OFK Beograd

  • Serbiya va Chernogoriya kubogi : ikkinchi o'rin sohibi 2005—2006

Žalgiris

  • A Lyga : 2016-yil
  • Litva kubogi : 2016-yil

"Nasaf"

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „ANDRIJA KALUĐEROVIĆ U VOJVODINI“ (sr). fkvojvodina.rs (2013-yil 18-iyul). 2020-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-yanvar.
  2. „KALUĐEROVIĆ NA KIPRU“ (sr). fkvojvodina.rs (2014-yil 5-yanvar). 2023-yil 24-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-yanvar.
  3. „New striker's Aussie dream“. brisbaneroar.com.au (2015-yil 29-yanvar). Qaraldi: 2015-yil 2-fevral.
  4. „Wellington Phoenix sign Serbian striker Andrija Kaludjerovic“. stuff.co.nz (2017-yil 15-avgust). Qaraldi: 2017-yil 15-avgust.
  5. „Andrija Kaluđerović to score goals for Olimpija“. rtvslo.si (2018-yil 16-iyun). Qaraldi: 2019-yil 18-yanvar.
  6. „Indian Super League side Delhi Dynamos sign striker Andrija Kaluderovic“. Hindustan Times (2018-yil 17-avgust). Qaraldi: 2019-yil 18-yanvar.
  7. „DOŠAO ANDRIJA KALUĐEROVIĆ“ (hr). inter.hr (2019-yil 11-yanvar). 2021-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-yanvar.
  1. Only official UEFA matches included