Andrey Yermak
Andrey Yermak | |
---|---|
Андрій Єрмак | |
2024 | |
Ukraina Prezidenti devonining rahbari | |
Mansab davri 11-fevral 2020-yil | |
Oʻtmishdoshi | Andrey Bogdan |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
21-noyabr 1971-yil Kiyev, Ukraina |
Siyosiy partiyasi | Mustaqil |
Taʼlim | Taras Shevchenko nomidagi Milliy universiteti |
Kasbi | siyosatchi |
Andriy Borisovich Yermak (ukraincha: Андрій Борисович Єрмак; 1971-yil 21-noyabrda tugʻilgan[1]) — ukrainalik kino prodyuseri, huquqshunos. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy uni 2020-yil 11-fevralda Ukraina Prezidenti devonining rahbari lavozimiga tayinladi[2]. U Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining aʼzosi, shuningdek, gumanitar va ijtimoiy masalalar boʻyicha muvofiqlashtiruvchi shtab raisi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Andriy Yermak 1971-yil 21-noyabrda Ukrainaning Kiyev shahrida (oʻsha paytda Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan) tugʻilgan[1]. Yermakning rus millatiga mansub onasi Mariya oʻzining Kiyevlik otasi Boris bilan Leningrad maktabining Kiyevga sayohatida uchrashgan. Yermakning otasi yahudiy[3]. Ular 1971-yilda turmush qurishgan[4]. Yermakning oʻzidan 8 yosh kichik ukasi Denis bor[4].
Yermak 1990-yilda faoliyat boshlagan va 1995-yilda Kiyev Taras Shevchenko nomidagi Milliy universitetining Xalqaro munosabatlar institutini xalqaro xususiy huquq boʻyicha magistrlik darajasini olgan[1][5]. Xuddi shu yili u advokatlik faoliyati uchun litsenziya olgan[1]. Universitetning ikkinchi kursida oʻqituvchilaridan birining iltimosiga koʻra Proxen advokatlik kompaniyasida ishlay boshladi[4].
1997-yilda Yermak Xalqaro huquq firmasiga asos solgan va intellektual mulk va tijorat huquqi bilan shugʻullangan[2]. 2006-yildan 2014-yilgacha u huquqshunos sifatida Mintaqalar partiyasi deputati Elbrus Tedeyevga yordam bergan[6][2].
2010-yilgi Ukrainadagi prezidentlik saylovlarida Yermak Kiyevning 216-saylov okrugidan nomzod Arseniy Yatsenyukning ishonchli vakili boʻlgan[7].
Yermak 2012-yilda Garnet xalqaro media guruhiga asos solgan[8] va Rule of Battle kabi filmlarning prodyuseri boʻlgan[9].
Yermak Vladimir Zelenskiy bilan 2011-yilda, Zelenskiy Inter telekanalining bosh prodyuseri boʻlganida tanishgan[10]. Yermak 2019-yilgi Ukraina prezidentligi saylovlarida Zelenskiyning saylovoldi tashviqoti guruhida ishlagan[11].
2019-yil 21-may kuni yangi saylangan prezident Zelenskiy Yermakni prezidentning tashqi siyosat masalalari boʻyicha yordamchisi etib tayinladi[2]. Bu lavozimda u Donbasdagi urush paytida Rossiya bilan yirik qamoqxonalar almashinuvi boʻyicha muzokaralar olib bordi[12]. Yermak Tramp—Ukraina mojarosi avj olgan paytda Zelenskiy nomidan Kurt Volker va Rudi Giulianining aloqa nuqtasi boʻlgan[13].
Prezident Zelenskiy 2020-yil 11-fevralda Yermakni Ukraina Prezidenti devonining rahbari etib tayinladi[2]. Yermak ertasi kuni Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi aʼzosi boʻldi[14].
Yermak 2022-yil 2-martda Gumanitar va ijtimoiy masalalar boʻyicha muvofiqlashtiruvchi shtab raisi sifatida faoliyatini boshladi[15].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yermak butun umri davomida Kiyevda yashagan. U uylanmagan, farzandi yoʻq[16].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Yermak replaces Bohdan as head of Presidentʼs Office, 112 Ukraine (11 February 2020)
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 Zelensky dismisses head of presidentʼs office Bohdan, appoints Yermak instead, Interfax-Ukraine (11 February 2020)
- ↑ Berman. „Top Zelensky adviser opens up about his Jewish roots, urges greater Israeli support“. Times of Israel. Qaraldi: 2022-yil 25-mart.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Who is Mr. Yermak? Lawyer. Businessman. Producer. Vice-president?“. Ukrayinska Pravda. Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.
- ↑ „Who is Mr. Yermak? Lawyer. Businessman. Producer. Vice-president?“. Ukrayinska Pravda. Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.
- ↑ „Who is Mr Yermak? 10 quotes from the new head of the President's Office“. Glavcom (2020-yil 11-fevral). Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
- ↑ „Who is Mr. Yermak? Lawyer. Businessman. Producer. Vice-president?“. Ukrayinska Pravda. Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.
- ↑ Andrey Yermak IMDbda
- ↑ Another assistant to the President was film producer Ermak, Ukrinform (21 May 2019)
- ↑ „Who is Mr Yermak? 10 quotes from the new head of the President's Office“. Glavcom (2020-yil 11-fevral). Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
- ↑ „Who is Mr. Yermak? Lawyer. Businessman. Producer. Vice-president?“. Ukrayinska Pravda. Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.
- ↑ „Bohdan turbo mode. As he broke into the team of Zelensky and left the OPU head“. Ukrainska Pravda. Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
- ↑ „Andriy Yermak replaces Andriy Bohdan as head of presidential office“. Kyiv Post. Qaraldi: 2020-yil 11-fevral.
- ↑ „Decree of the President of Ukraine № 52/2020“ (uk). Office of the President of Ukraine. Qaraldi: 2020-yil 15-fevral.
- ↑ „Zelensky creates Coordinating Office for Humanitarian and Social Issues“. Interfax Ukraine (2022-yil 3-mart). 2022-yil 23-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 25-yanvar.
- ↑ „Who is Mr. Yermak? Lawyer. Businessman. Producer. Vice-president?“. Ukrayinska Pravda. Qaraldi: 2020-yil 13-fevral.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Andrey Yermak IMDbda
- Andrey Yermak Facebook sahifasi
- Andrey Yermak Telegram sahifasi
- „Andriy Yermak outlined the priorities of his work as Head of the President's Office“. president.gov.ua (2020-yil 12-fevral). Qaraldi: 2020-yil 12-fevral.
- Ukraine's President Appoints Chief Of Staff Linked To Trump's Lawyer YouTubeda Feb 12, 2020 Radio Free Europe/Radio Liberty
Siyosiy idoralar | ||
---|---|---|
Oldingisi Andrey Bogdan
|
Ukraina Prezidenti devonining rahbari 2020-yildan |
Keyingisi Amaldagi
|