Andrey Derkach

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Andrey Vladimirovich Derkach (ukraincha: Андрій Володимирович Деркач; 1985-yil 28-may, Borispol, Ukraina SSR, SSSR) — ukrainalik futbolchi, yarim himoyachi.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

1985-yil 28-mayda Borispolda tugʻilgan.

Andrey Derkach „Borisfen“ klubining futbol maktabi bitiruvchisi. Borisfen jamoasi tarkibida u 2003-2004-yillarda Ukraina chempionatida oʻynagan.

Andrey  Derkach Ukraina yoshlar terma jamoasida ham oʻynagan. 2005-yilda u 4 ta oʻyin oʻtkazgan.

"Shaxtyor" ga oʻtishdan oldin u Rossiya Premier-ligasi klublarida toʻpgan[1] . 2005-yilda u "Shaxtyor" bilan shartnoma imzoladi[2]. Shaxtyor tarkibida 2005-2006-yilgi Ukraina chempionatida jamoa uchun oʻyin oʻtkazmadi. „Shaxtyor“dagi omadsiz faoliyatidan so‘ng u Ukraina chempionatining Birinchi ligasida bir qator jamoalarda o‘ynadi.

„Zimbru“ (Moldova) jamoasida oʻynagan. Moldova klubi tarkibida u UEFA Yevropa ligasida debyut qildi. Yevropa ligasida jami 4ta oʻyin oʻtkazgan[3]. 2012-yil dekabr oyida Derkach Moldovaning 8 karra chempioni boʻlgan klubini[4] tark etdi.

2013-yilda Derkach Poltava klubi safida Ukraina chempionatining Birinchi ligasida oʻynagan[5]. 2015-2016-yillarda „Qizilqum“ tarkibida toʻp surdi.

2016-yilning avgustida 2014-yilda oʻynagan "Mash’al" jamoasiga qaytadi[6]. 2017-yilda yana „Qizilqum“da oʻynaydi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Ukraina Birinchi ligasi gʻolibi: 2008-2009-yillar
  • Moldova chempionatining bronza medali sovrindori: 2011-2012-yillar

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]