Andrey Afanasiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Futbol
Andrey Afanasiyev
Toʻliq ism Andrey Igorevich Afanasiyev
Tugʻilgan vaqti 15-may 1964(1964-05-15) (59 yosh)
Moskva, SSSR
Fuqaroligi
Boʻyi 187 sm
Pozitsiya Yarim himoyachi
Klub haqida maʼlumot
Jamoa Flag Rossii Volga (Ulyanovsk)
Lavozimi Katta murabbiy
Yoshlik faoliyati
1982—1983 Flag SSSR CSKA Moskva
Klub faoliyati
1984—1988 Flag SSSR CSKA Moskva 91 (3)
1989—1991 Flag SSSR Torpedo (Moskva) 42 (2)
1992—1994 Flag SSSR Torpedo (Moskva) 88 (10) [1]
1993  Flag Rossii (1991—1993) Torpedo-D 1 (0)
1995 Flag Rossii Spartak (Moskva) 19 (1)
1996—1997 Flag Rossii Lokomotiv (NN) 46 (3)
1997 Flag Uzbekistana Navbahor 27 (1)
1998—2001 Flag Rossii Saturn (Ramenskoe) 56 (1)
Miiliy terma jamoa
1993—1995 Flag Rossii Rossiya 4 (0)
Murabbiylik faoliyati
2001—2002 Flag Rossii Saturn (Ramenskoe) Murabbiy
2003 Flag Rossii Torpedo-ZIL
2004 Flag Rossii Ximki
2005 Flag Rossii Titan (Moskva)
2005—2006 Flag Rossii Saturn (Ramenskoe) Murabbiy
2006 Flag Rossii Dana (Ayollar)
2007—2008 Flag Rossii Dmitrov
2009 Flag Rossii Zelenograd
2010—2013 Flag Rossii Alaniya Murabbiy
2014 Flag Rossii Saxalin
2020—2021 Flag Rossii Saturn Murabbiy
2021 Flag Rossii Saturn Vaqtinchalik Bosh murabbiy
2021—2022 Flag Rossii Tom
2022—n. v. Flag Rossii Volga (Ulyanovsk)

Andrey Igorevich Afanasiyev (1964-yil 15-may, Moskva, SSSR) — sovet va rus futbolchisi, himoyachi va yarim himoyachi pozitsiyasida toʻp surgan. Hozirda murabbiylik faoliyati bilan shugʻillanadi[2].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Faoliyati asosan Rossiya jamoalari, Moskvaning CSKA Moskva, Torpedo Moskva, Spartak Moskva futbol klublari, shuningdek, Ramenskoyening Saturn klubidagi oʻyinlari bilan tanilgan. Andrey rus jamoalaridan tashqari faqat Oʻzbekiston Oliy ligasi vakili, Namanganning „Navbahor“ jamoasi sharafini 1997-yilgi mavsumda himoya qilgan[3]. U futbolchilik faoliyatini 2001-yilda yakunlagan. 1986-yilda SSSR sport ustasi.

SSSR chempionatining oliy ligasida u 79 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan, Rossiya chempionatining oliy ligasida 209 ta oʻyin oʻtkazib, 15 ta gol urgan.

Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]

. Rossiya terma jamoasi futbolchisi (1993—1995). Rossiya terma jamoasida 4 ta oʻyin oʻtkazdi:

  • 1993-yil 13-fevral. Oʻrtoqlik uchrashuvi. AQSH — Rossiya 0:1. 33-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi;
  • 1993-yil 17-fevral. Oʻrtoqlik uchrashuvi. Salvador — Rossiya 1:2. 90 daqiqa;
  • 1995-yil 8-mart. Oʻrtoqlik uchrashuvi. Slovakiya — Rossiya 2:1. 24-daqiqada maydondan chetlatildi Yellow cardYellow cardRed card;
  • 1995-yil 31-may. Oʻrtoqlik uchrashuvi. Yugoslaviya — Rossiya 1:2. 34-daqiqa, zaxiradan maydonga tushdi;

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futbolchilik faoliyatini yakunlab, u Moskva yaqinidagi Saturn shahrida murabbiy sifatida ishlashni davom ettirdi. 2002-yilgi chempionat oxirida u Saturn jamoasini tark etdi va Moskvaning „Torpedo-ZIL“ (2003) va „Titan“ (2005) klublarida bosh murabbiy, „Ximki“ klubida (2004) bosh murabbiy boʻlib ishladi. 2005-yil iyunidan 2006-yil iyuligacha u Saturnning murabbiylar shtabida ishlagan, shundan soʻng 2006-yilning yozida tashkil etilgan Dana (Moskva) ayollar futbol klubini boshqargan va u bilan Rossiyaning ikkinchi ayollar jamoalari oʻrtasidagi futbol chempionatida gʻolib chiqqan. 2007-yilgi mavsumda Birinchi divizion turnirida oʻynash huquqini qoʻlga kiritdi[4]. 2007-yilda u Moskva yaqinidagi Dmitrov klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi. Andrey jamoasi bilan havaskor futbol klublari oʻrtasidagi Rossiya chempionati, Moskva viloyati zonasi, A guruhida 2-oʻrinni egalladi. 2009-yil 12-yanvardan 27-iyulgacha „Zelenograd“ klubi (Moskva) bosh murabbiyi boʻlgan. 2010-yildan buyon Vladikavkazning „Alaniya“ klubida bosh murabbiy yordamchisi boʻlib ishlagan.

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • SSSR Birinchi ligasi gʻolibi: 1986-yil; SSKA Moskva jamoasi bilan, SSSR Premer-ligasiga chiqish
  • SSSR chempionatining bronza medali sovrindori: 1991-yil; Torpedo Moskva jamoasi bilan
  • Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori: 1995-yil; "Spartak Moskva jamoasi bilan
  • Rossiya birinchi divizioni gʻolibi: 1998-yil; Saturn Ramenskoye jamoasi bilan, Rossiya Premer-divizioniga koʻtarilish
  • Rossiya kubogi sohibi: 1992/1993 ; Torpedo Moskva jamoasi bilan
  • SSSR kubogi finalchisi: 1990/1991 ; Torpedo Moskva jamoasi bilan
  • Rossiyaning 33 nafar eng yaxshi futbolchisi roʻyxatida (3): № 2 — 1992, 1993, 1994; hammasi — Moskva Torpedo jamoasi bilan

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. V 1992 godu sigral eщyo v odnom matche („Torpedo“ (Moskva) — „Dinamo-Gazovik“), rezultat kotorogo (3:2) bil annulirovan v polzu „Torpedo“.
  2. 1412 FootballFacts.ru saytida
  3. „Men "SPARTAK" GA KETGANIMDA“. 2023-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 14-iyun.
  4. „Dana“ vixodit v perviy divizion. Womenfootball.ru, 8 oktabrya 2006.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]