Andreas Gruber

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andreas Gruber
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Andreas Gruber
Tavallud sanasi 29-iyun 1995-yil (1995-06-29) (28 yosh)
Tavallud joyi Lienz, Austria
Boʻyi 1.74 m (5 ft 9 in)
Ampluasi hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Austria Wien
Raqami 17
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
0000-2012 Sturm Graz
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2012—2017 SK Sturm Graz II 58 (19)
2014—2017 Sturm Graz 58 (5)
2017—2020 Mattersburg 78 (22)
2020—2022 LASK 31 (5)
2022- Austria Wien 7 (4)
Milliy terma jamoa
2015—2016 Avstria U21 4 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(5-iyul 2022-yil uchun)

Andreas Gruber 1996-yil 29-iyunda Avstriyaning Lienz shahrida tugʻilgan. Avstriyalik futbolchi Mattersburg klubi qanot himoyachisi.

Klublardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gruber „Sturm“ tarkibida
Gruber Avstriya yoshlar terma jamoasi safida

Andreas Gruber Sturm klubining bitiruvchisi hisoblanadi. 2014-yilda Andreas Gruber asosiy jamoaning arizasiga kiritilgan. 17-avgust kuni Avstriyaning Wiena jamoasiga qarshi oʻyinda ikkinchi boʻlimda Daniel Bichlerni oʻrniga maydonga tushdi va Andreas Gruber Avstriya Bundelsigida debyut qildi[1]. 2015-yilning 11-aprelida Altachga qarshi kechgan bahsda Andreas Gruber „dubl“ni amalga oshirib, „Sturm“ safida ilk gollarini urdi[2]. 2017-yilning yozida Andreas Gruber Mattersburgga koʻchib oʻtdi. 22-iyul kuni „Rapid Wiena“ga qarshi oʻyinda Andreas Gruber yangi jamoada debyut qildi[3]. 17-sentabr kuni Red Bull Salzburgga qarshi bahsda Andreas Gruber Mattersburg safida ilk golini urdi[4].

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yilda Avstriya yoshlar terma jamoasi tarkibida Andreas Gruber Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi. Turnirda Gana, Argentina, Panama va Oʻzbekiston terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan[5][6][7][8].

Andreas Gruberning yaxshi oʻyinlari Avstriya U-20 terma jamoasi menejeri eʼtiboridan chetda qolmadi, shuning uchun Andreas Xeraf uni 2015-yil 30-mart kuni meksikalik yosh hamkasblariga qarshi oʻtkaziladigan xalqaro oʻrtoqlik uchrashuviga chaqirdi. 3:1 hisobidagi gʻalabada Andreas Gruber tanaffusda Markus Blutsch oʻrniga maydonga tushdi va birinchi marta jamoa formasini kiyishga ruxsat oldi. Uning oʻyini jamoa boshligʻining kutganlarini oqlaganidan soʻng, Andreas Gruber 2015-yilda Yangi Zelandiyada boʻlib oʻtadigan U 20 Jahon chempionati uchun tarkibga kiritildi. U yerda Andreas Gruber Avstriya terma jamoasining Gana, Panama, Argentina va Oʻzbekistonga qarshi oʻtkazgan toʻrtta oʻyinida ham qatnashgan.

Statistika[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Kubok Kontinental Boshqa Jami
Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Sturm Graz 2014-15 24 2 3 0 27 2
2015-16 29 3 3 1 1 0 33 4
2016-17 5 0 0 0 5 0
Jami 58 5 6 1 1 0 65 6
Mattersburg 2017-18 27 4 3 1 30 5
2018-19 31 6 2 0 33 6
2019-20 20 12 2 0 22 12
Jami 78 22 7 1 85 23
LASK 2020-21 17 5 4 2 8 3 29 10
2021-22 14 0 2 0 5 2 21 2
Jami 31 5 6 2 13 5 50 12
Umumiy karyerasida 167 32 19 4 14 5 0 0 200 41

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Штурм VS. Аустрия Вена 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (17-avgust 2014-yil). 21-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2016-yil.
  2. „Штурм VS. Альтах 5:0“ (inglizcha). soccerway.com (11-aprel 2015-yil). 15-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2016-yil.
  3. „Рапид Вена VS. Маттерсбург 2:2“ (inglizcha). soccerway.com (22-iyul 2017-yil). 13-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-sentabr 2017-yil.
  4. „Маттерсбург VS. Ред Булл Зальцбург 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (17-sentabr 2017-yil). 21-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-sentabr 2018-yil.
  5. „Гана (до 20) VS. Австрия (до 20) 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (30-may 2015-yil). 14-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2016-yil.
  6. „Австрия (до 20) VS. Аргентина (до 20) 0:0“ (inglizcha). soccerway.com (5-iyun 2015-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2016-yil.
  7. „Австрия (до 20) VS. Панама (до 20) 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (2-iyun 2015-yil). 3-may 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2016-yil.
  8. „Австрия (до 20) VS. Узбекистан (до 20) 0:2“ (inglizcha). soccerway.com (11-iyun 2015-yil). 14-aprel 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 27-iyun 2016-yil.