Kontent qismiga oʻtish

Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti
(Elektrotexnika fakulteti)
Asos solingan 2011-yil
Oʻquv yurti turi fakultet
Yoʻnalish davlat
Sohasi energetika
Talabalari 500
Manzili Andijon shahar, Bobur shohko‘chasi, 56-uy
Vebsayti web.andmiedu.uz/


Andijon mashinasozlik instituti Elektrotexnika fakulteti — Andijon viloyatining Andijon shahrida joylashgan Andijon mashinasozlik institutining biri. 2020-yilda tashkil etilgan. Hozirda fakultet dekani – Alijonov Doniyor.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Andijon mashinasozlik instituti rektorining 2011-yil 15-avgustdagi 563–k sonli buyrugʻi bilan Moliya fakulteti negizida Avtomatika va elektrotexnika fakulteti tashkil etilgan. Institut rektorining 2020-yil 30-iyundagi 263 – k sonli buyrugʻi bilan ushbu Avtomatika va elektrotexnika fakulteti negizida Elektrotexnika fakulteti tashkil topgan. Fakultetda asosan elektr energetika sohalarida kadrlar tayyorlanadi. Ayni paytda fakultetga texnika fanlari boʻyicha PhD, dotsent Alijanov Donyorbek Dilshodovich rahbarlik qilib kelmoqda.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fakultetida uchta kafedra faoliyat olib boradi. Ular Muqobil energiya manbalari, Elektrotexnika, elektromexanika, elektrotexnologiyalar va Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi.

Fakultetda Muqobil energiya manbalari, Energiya tejamkorligi va energiya audit, Elektrotexnika, elektromexanika, elektrotexnologiyalar, Elektr energetikasi bakalavriat yoʻnalishlarida 500 nafarga yaqin talabalar tahsil olishadi. Ularga 

Talabalar „Andijon hududiy elektr tarmoqlari korxonasi“ AJ, „UzAvtoAustem“ qoʻshma korxonasi, „Uz Dong Yang Co“ Oʻzbekiston Koreya qoʻshma korxonasi, "UzAvtosanoat" aksiyadorlik jamiyati tarkibidagi „UZ-HANWOO“, „Uz Don Ju Peint Co“ qoʻshma korxonalari, „Andijon mashinastroitel“ xususiy korxona, „Spektr“ xususiy korxonalarida amaliyot oʻtamoqda.

Xalqaro hamkorlik[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fakultet Shimoliy Xitoy texnologiyalar universiteti bilan talaba almashinuvi, ilmiy va tijoriy dasturlar boʻyicha kelishuvga erishgan. Ushbu muassasa bilan doimiy ravishda aloqalar oʻrnatilgan boʻlib, almashinuv dasturlari amalga oshirib kelinmoqda. Shuningdek, hamkorlik aloqalari doirasida bir qator professor-oʻqituvchilar Belarus milliy texnologiyalar universitetida tajriba almashinuvi va ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Elektrotexnika fakulteti

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Institut rasmiy sayti