Anatoliy Avtonomov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anatoliy Ivanovich Avtonomov (1898.24.2, Ivanovo-Voznesensk — 1968. 27.4, Toshkent) — seleksiyachi olim, Oʻzbekiston fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1952), professor (1955), Oʻzbekistoda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1944). Ivanovo politexnika instituti tugatgan (1925). Turkiston seleksiya stansiyasi filiali mudiri (Bayramali shahri, 1925 — 30). Butunittifoq paxtachilik institutining Markaziy selek-siya stansiyasida sektor mudiri (1930 — 55), Toshkent Qishloq xoʻjaligi instituti paxtachilik kafedrasi mudiri (1946 — 68). A. 35-1, 35-2 ingichka tolali gʻoʻza navlari, Si-Aylend tipidagi navlar muallifi, yovvoyi peru gʻoʻzasidan foydalanib, fu-zarioz viltga chidamli, koʻsaklari yirik ingichka tolali gʻoʻza navlari seleksiyasi usuliyatini ishlab chiqqan va shu asosda bir qancha gʻoʻza navlarini yaratgan. As: Seleksiya tonkovoloknistix so-rtov xlopchatnika v Oʻzbekistane, T., 1973.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil