Anapait

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Anapait, eskirgan. sin. tamanit — fosfat sinfiga xosmineral, suvli temir va kalsiy fosfati. Kimyoviy formulasi : Ca 2 Fe 2+ [PO 4 ] 2 4H 2 O. Tarkibi (%): CaO — 28,18; FeO — 18,05; P <sub id="mwIg">2</sub> O <sub id="mwIw">5</sub> — 35,67; H 2 O — 18.1. Singoniya triklin.

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mineral jigarrang temir rudasi ichida shaffof yaltirashga ega yashilsifat kristallar koʻrinishida juda kam uchraydi. U birinchi marta Taman yarim orolining janubiy qirgʻogʻidagi (hozirgi Krasnodar oʻlkasi, Rossiya) Jelezniy Rog burni yaqinidan topilgan va 1902-yilda Artur Zaxs[1] tomonidan Anapa yaqinidagi xuddi shu yarim oroldan yigʻilgan kolleksiya materiallari qatorida tasvirlangan. Uning " anapait ", " anapit " va " tamanit " deb atalishi ham mana shu joylarning geografik nomlaridan kelib chiqqan[2].

U sezilarli darajada katta boʻlib toʻplanmasa ham, tabiatda keng tarqalgan, Qrim (Kerch), Italiya, Ispaniya, Germaniya, AQSh va boshqa mamlakatlar hududidagi konlardan oz miqdorda topilgan[3].

Fizik xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Zichlik — 2,81 g / sm 3, qattiqlik 3-4, chiziqlarining rangi oq. Maydalanish xususiyati mukammal.

Anapaitning rangi (limon rangi-yashildan koʻkimtir yashilgacha) bir tomondan zargarlarni oʻziga jalb qilib keladi, shu bilan bir vaqtda mineral zargarlik buyumlari uchun keng qoʻllaniladigan darajada yetarlicha qattiq emas. Bu qimmatbaho kolleksion tosh boʻlib, undan amaliy foydalanishning boshqa hech qanday usuli yoʻq.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Sachs A. (1902). Über anapait, ein neues kalkeisenphosphat von Anapa am Schwarzen Meere (Sitzungsberichte der Königlich Preussischen Akademie der Wissenschaften nashri). pp. 18-21. http://rruff.info/rruff_1.0/uploads/Sitzungsberichte_der_preussischen_Akadem_1902_18.pdf. 
  2. „Анапаит в Геовикипедии“. 30-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-mart 2022-yil.
  3. „Anapaite. Mineral Data Publishing“. 16-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 18-dekabr 2012-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]