Analog qurilma

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Analog qurilma, shuningdek analog uskuna bu analog signallar. bilan ishlashga mo‘ljallangan uskunalardir[1].

Analog elektron qurilmalar (AEQ) elektron qurilmalar asosida ishlab chiqarilgan analog elektr signallarini kuchaytirish va qayta ishlash uchun mo‘ljallangan qurilmalardir.

Analog signal uzluksiz funksiya bo‘lib, turli vaqtlarda cheksiz miqdordagi qiymatlarga ega bo‘ladi. Eng keng tarqalgan analog signal bizning nutqimiz tovushlari hisoblanib, ossillogrammalarda turli xil, g‘alati shakllarga ega bo‘ladi. Analog signallar ular tasvirlagan fizik jarayonlar bilan bir xil qonunga muvofiq o‘zgaradi.

Analog elektron qurilmalar guruhlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Analog elektron qurilmalarni tasniflash mumkin bo‘lgan quyidagi ikki yirik guruhga ajratish lozim:

Qurilmalar tasnifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fan, texnika va ishlab chiqarishning axborotlarni qayta ishlash va o ‘zgartirish uchun xizmat qiluvchi elektron qurilmalarni ishlab chiqish hamda tatbiq etish bilan shug‘ullanuvchi sohasi elektronika deb ataladi. Elektron qurilmalarni tasniflashda axborotlarni to ‘plash, uzatish va qabul qilish usuli eng muhim belgilardan hisoblanadi. Elektron qurilmalar (EQ) analog va diskret (raqamli) qurilmalarga ajratiladi.

Analog elektronika uzluksiz o ‘zgaruvchi elektr signallarni uzatish, qayta ishlash, qabul qilish uchun xizmat qiluvchi EQlarni ishlab chiqish va o ‘rganish bilan shug'ullanadi. Bu, analog (EQ)larda signal qiymati minimaldan maksimalgacha o ‘zgarganda, uni qayd qilish va uzatish uzluksiz amalga oshirilishini anglatadi. A E Q larning asosiy afzalligi nisbatan tezkor ishlashidan va soddaligidan iborat. Kamchiliklari sifatida tem peratura va boshqa om illarta'sirida parametrlari nobarqarorligini va xalaqitbardoshligining kichikligini; axborotni uzoq vaqt saqlash qiyinligini aytib o ‘tish kerak. Analog qurilmalar asosini sodda kuchaytirgich kaskadlar tashkil etadi. Ular asosida murakkabroq kuchaytirgichlar, tok va kuchlanish stabilizatorlari, chastota o ‘zgartgichlar, sinusoidal teb ran ish lar generatorlari va boshqa qator sxemalar yaratiladi.

Raqamli elektronika qiymati bo'yicha kvantlangan elektr signallarni uzatish, qayta ishlash va qabul qilishga m o‘ljallangan diskret EQ (DEQ)larni ishlab chiqish bilan shug'ullanadi. Kvantlash deb uzluksiz signalni uning alohida nuqtalardagi qiymatlari bilan alm ashtirish jarayoniga aytiladi. Natijada, DEQlar signallarning bir-biridan keskin farqlanuvchi ikkita sath bilan ish ko‘radi. DEQlarning afzalliklari: qurilmada sochiluvchi quw at kichikligi, elem entlar param etrlari nobarqarorlikka nisbatan sust bogianganligi, xalaqitbardoshligining yuqoriligi, axborot saqlash, uzatish va qayta ishlash kanallarida bir turdagi elem entlar qo‘llanishi, o ‘z navbatida, yuqori ishonchlilik, kichik oicham lilik va arzonlilikni ta ’minlaydi. Raqamli qurilmalar asosini ikkita turg'un (ochiq va berk) holatda ishlashi mumkin bolgan tranzistorli elektron kalitlar tashkil etadi. Sodda kalitlar asosida murakkabroq sxemalar: mantiqiy, bistabil, triggerli va boshqalar yaratiladi.

Analog qurilmalar.

  • Kuchaytirgichlar - quvvat manbai energiyasi hisobiga yangi signal hosil qiladigan qurilmalar bo‘lib, bunda berilgan signalning aniq nusxasi ko‘proq yoki kamroq ko‘rinishda bo‘ladi. Biroq bunda oqim kuchlanish yoki quvvat hisobi bo‘yicha oshib ketishi mumkin.
  • Kuchaytirgichlarga asoslangan qurilmalar. Bular asosan elektr signallari va qarshiliklarning konvertorlari hisoblanadi.

Elektr signallarini o‘zgartirgichlar (faol analog signallarni qayta ishlash qurilmalari) kuchaytirgichlarga asoslangan bo‘lib, signallarni maxsus qayta aloqa zanjirlari bilan bevosita ishlatish yoki ularni ma’lum bir tarzda modifikatsiyalash orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda yig‘ish, ayirish, logarifm, antilogarifm, filtrlash, aniqlash, ko‘paytirish, bo‘lish, taqqoslash va boshqa amallar bajariladi. Qarshilik konvertorlari qayta aloqa kuchaytirgichlariga asoslangan bo‘lib, ular qarshilikning kattaligini, turini, tabiatini o‘zgartirishi mumkin. Qarshilik konvertorlari ba’zi signallarni qayta ishlash qurilmalarida qo‘llaniladi. Bunda maxsus toifa barcha turdagi generatorlar va tegishli qurilmalardan iborat bo‘ladi.

Analog operatsiyalar turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Analog mastering

Analog qurilmalarning turlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • analog kompyuter
  • Аnalog stik
  • Аnalog filtr
  • Аnalog videokamera
  • Tasmali fotoaparat

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Першиков В. И., Савинков В. М.. Толковый словарь по информатике, 50000 экз, М.: Финансы и статистика, 1991. ISBN 5-279-00367-0.