Amplua

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Amplua (fransuzcha emploi - "kasb") biror aktyorga uning qiyofasi, xarakteri tufayli mos keluvchi rollar jabhasidir. Ba’zida sportchilarga nisbatan ham qo‘llaniladi (masalan, futbolchi uchun "yarim himoyachi ampluasi" kabi).


Amplua (frans. emploi — foy-dalanish) — aktyor imkoniyatlariga mos tushadigan rollar turkumi. Ma’lum rollarga ixtisoslashish barcha mamlakat teatrlari taraqqiyoti tarixida uchray-di. A.da ishlash, ayniqsa, Sharq teatri-ga xos. 17-a. oxiriga kelib yapon teatri (Kabuki)da A.ning 8 guruhi tarkib top-di. Hind teatrida esa A.ning 12 gu-ruhi maydonga keldi. Ma’lum davrgacha A. ijobiy rol o‘ynagan. Ammo, keyincha-lik A. tizimi aktyorlar ijodida qolip va nusxalarni keltirib chiqardi, mumtoz dramaturgiyaning ayrim asarlari A. doi-rasiga sig‘may qoldi. Sahnada hayotni ay-nan aks ettirish usuli maydonga kelgach, A. tizimi inqirozga yuz tuta boshladi. O‘zbek teatrining shakllanish davrida aktyorlik san’atida A. mavjud edi. Ak-tyorlar realistik sahna qonuniyatlarini puxta o‘zlashtirgan sayin turli mazmun-dagi rollarni ijro etishga o‘tib, A. dan uzoqlashdilar. Lekin har bir aktyor-ning sevgan rollari, o‘z ijo-diy mav-zui bo‘ladi, buni A. bilan adashtirmaslik kerak. A. maydonlarda ko‘rsatiladigan spektakllarda hamon ishlatiladi. A.ga asoslangan Sharq an’anaviy teatri (Yapo-niya, Xitoy, Hindiston) shu kunlarda ham faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil