Amir Temur va Fransiya kitobi haqida

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amir Temur (1336-1405)

[1] «Amir Temur va Fransiya» kitobi o’zbekistonlik huquqshunos olim, professor Akmal Saidov hamda taniqli fransuz sharqshunosi, marhum Lyusen Keren tomonidan yozilgan va 1996-yilda chop etilgan asarning to’ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashridir.

Kitob muqaddima, 13 ta bob, xotima va ilovalardan iborat. Asar so’z boshisida kitobning yozilish sabablari keltirib o’tilgan. Bundan tashqari, butun dunyoda, ayniqsa, Yevropada Amir Temur va temuriylar tarixiga nisbatan yuksak qiziqish, xususan, ushbu mavzuning olti asrdan buyon Fransiya olimlari va adiblari tilidan tushmay kelayotgani sabablari ochib berilgan.

Bugungi kunda dunyoning ellikdan ortiq mamlakatida temurshunos olimlar faoliyat ko’rsatmoqda. Amir Temurga bag’ishlab yaratilgan jiddiy asarlar soni Yevropa tillarida 900 dan ziyod bo’lsa, Sharq tillarida mingdan oshdi.

Ushbu kitobning «Istiqlol va Amir Temur»  nomli bobida O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Amir Temur shaxsi yana Vatan va millat timsoliga aylangani haqida so‘z borgan. O‘tgan davrda mamlakatda Amir Temur ordeni ta’sis etildi; Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida Amir Temurning ulug‘vor haykallari qad rostladi. Poytaxtda Temuriylar tarixi davlat muzeyi va Amir Temur xalqaro jamg‘armasi ochildi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi tashkil topganidan buyon o‘tgan davrda mazkur muzeyga 2 milliondan ortiq ziyoratchi hamda jahonning turli davlatlaridan 800 dan ortiq xorijiy delegatsiya va rasmiy mehmonlar tashrif buyurdi. Ushbu bobda, shuningdek, dunyoda ayni nomda yagona bo‘lgan – «Sohibqiron yulduzi» jurnalining mazmun-mundarijasi tahlil etilgan.

  1. L.Karen "Amir Temur va Fransiya" T-1996.