Biogen aminlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Biogen aminlar, proteinogen aminlar — organizmda hosil boʻladigan azotli organik birikmalar. Biogen aminlar ning aksarisi — gistamin, serotonin, noradrenalin, adrenalin, tiramin va boshqa biologik faol modda boʻlib, bosh miya poʻstlogʻida va uning ostidagi markazlarda tormozlanish va qoʻzgʻalish jarayonlariga taʼsir etadi, tomirlarni kengaytirish yoki toraytirish yoʻli bilan qon bosimini oʻzgartiradi va organizmda boshqa oʻzgarishlarni keltirib chiqaradi. Odam va hayvonlar ichagida chirituvchi mikroblar taʼsirida hosil boʻladigan bir qancha Biogen aminlar organizm uchun zaharlidir.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil