Aminjon Ziyovuddinov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aminjon Ziyovuddinov
Tavalludi 1890-yil
Fuqaroligi Buxoro amirligi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi, SSSR
Kasbi Mudarris
Bolalari Bаhovuddin Аminjonov

Aminjon Ziyovuddinov (1890-yil Buxoro — ?) — „Yosh buxoroliklar“ partiyasi aʼzosi, kitobchilik palatasida ilmiy xodim. Yaltadagi „Oʻzbekiston“ sanatoriyasida shifokor boʻlib ishlagan Bahovuddin Aminjonovning otasi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1890-yili Buxoro shahrida tug‘ilgan. Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Yoshlikdagi doʻsti Azimjon Sharipov bilan birga taʼlim olgan. Talabalik yillarida boshqa taraqqiyparvarlar qatori Buxoro jadidlari qatoriga qoʻshilishgan. Aminjon Ziyovuddinov „Yosh buxoroliklar“ tashkilotining faol aʼzolaridan bo‘lib, Buxoro tarixiga oid kitoblar bilimdoni edi. Ular Buxoro amirligining eski boshqaruv tizimini isloh qilish va uni zamonaviy boshqaruvga oʻzgartirishga harakat qilgan. Buxoro jadidlarining bu intilishlari Buxoro amiri Said Olimxon va uning tarafdorlari tomonidan jiddiy qarshilikka uchraydi. Buning natijasida koʻplab „Yosh buxoroliklar“ tashkiloti aʼzolari amirlikdan badargʻa qilinadi. Shundan keyin taraqqiyparvarlar Sovet davlati bilan hamkorlik yoʻliga oʻtgan.

1914-yil yosh tarixchi olim Ahmad Zakiy Validiy To‘g‘on Buxoro shahriga birinchi marta kelganida Aminjon Ziyovuddinovning uyida yashab, maslahatlar olgan[1]. Aminjon Ziyovuddinov 1920-yil amirlikning ag‘darilishi natijasida vujudga kelgan Buxoro Xalq Sovet Respublikasida qator nufuzli vazifalarda ishlagan. 1921-yilda bu safar siyosiy maqsadni koʻzlab Buxoro zaminiga kelgan Zaki Validiy yana Aminjon Ziyovuddinov xonadonida mehmon bo‘lgan. Bu esa uning Buxoro siyosiy hayotidagi oʻrni yuqoriligidan darak beradi[2].. Oʻgʻli Bahovuddin dastlab jadid maktabida savod chiqargan, so‘ng madrasa taʼlimini olib fors, arab tillarini mukammal o‘rgangan. Aminjon Ziyovuddinov 1922-yilning kuzida oʻgʻlini Germaniyaga oʻqishga joʻnatadi. 1938-yil qatagʻonlari Bahovuddin Aminjonovni ham chetlab oʻtmagan. 1938-yil 8-oktyabrda otishga hukm qilingan[3].

Qatagʻon qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aminjon Ziyovuddinov O‘zSSR NKVD huzuridagi „uchlik“ning 1937-yilning 5-noyabridagi qarori bilan aksilinqilobiy „Milliy Ittihod“ tashkilotining azosi, millatchi, Fayzulla Xo‘jayev bilan yaqin aloqada degan ayblar bilan 10 yil muddatga mehnat lageriga ishlash uchun hukm qilingan, jazo muddati 1937-yilning 21-avgustidan boshlab hisoblangan. Keyingi taqdiri nomaʼlum.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]