Amin Karimov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Amin Qahqorovich Karimov (1936.15.3, Buxoro) - dirijyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1980). Toshkent konservatoriyasining gʻijjak sinfini tugatgan (J958). Buxoro teatri (1952—53) va Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1955— 58)da sozanda; Buxoro musiqa maktabida (1959—65), Termiz musiqa bilim yurtida (1965—73, 1988—95) direktor; 1973—88 yillarda Surxondaryo viloyat musiqali drama teatrida direktor va bosh dirijyor. "Jon qizlar" (Boyseitov), "Sevmaganga suykanma" (N. Xalilov), "Oʻjarlar", "Momo yer" (I. Akbarov), "Vatan ishqi", "Nurxon" (S. Boboyev), "Qizil durrali nozik niholim", "Toshkentning nozanin malikasi" (M. Leviyev), "Maysaraning ishi" (S. Yudakov) kabi spektakllarga dirijyorlik qilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil