Sobir Boboyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sobir Boboyev (1920.30.12, Toshkent) — kompozitor, Oʻzbekiston da xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1949). 1943—47 yillari Oʻzbekiston radiosi xorida ishlagan. Oʻzbekiston Kompozitorlar uyushmasining raisi (194855, 196065, 198185), Samarqand opera va balet teatrida badiiy rahbar va direktor (1966—69), Oʻzbek davlat filarmoniyasida badiiy rahbar (1972—76). 3 opera — "Hamza" (K. Yashin, 1961), "Yoriltosh" (Sh. Saʼdulla, 1967, birinchi oʻzbek bolalar operasi), "Fidoyilar" (Sh. Saʼdulla, 1972, 2tahriri 1984); 8 musiqali drama va komediya, jumladan "Dalada bayram" (Sh. Saʼdulla dramasi, D. Zokirov bilan hamkorliqda, 1954), "Vatan ishqi" (Sh. Saʼdulla, Z. Fatxullin, 1957), "Ikki bilaguzuk" (Sh. Saʼdulla, 1963), "Muhabbat qoʻshigʻi" (P. Tlegenov, 1980) va boshqa; kantata, orkestr asarlari, Navoiy, Mashrab, Nodira hamda zamonaviy oʻzbek shoirlari gʻazallariga romans va qoʻshiklar bastalagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil