Amerika Davlatlari Tashkiloti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Amerika davlatlari tashkilotidan yoʻnaltirildi)

Amerika Davlatlari Tashkiloti (ADT), Gʻarbiy yarimshardagi xalqaro mintaqaviy tashkilot. 1948-yilda Amerika davlatlarining 9-xalqaro konferensiyasida (Bogota shahri) tuzilgan. ADTʼga aʼzo davlatlar ratifikasiya qilganidan keyin 1951-yilda kuchga kirgan. Unga muvofiq, ADTʼning maqsadi: qitʼada tinchlik va xavfsizlikni mustahkamlash, aʼzo davlatlar oʻrtasida roʻy beradigan ixtiloflarni bartaraf etish, chetdan tajovuz qilingan taqdirda unga qarshi birgalikda harakat qilish, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Kanada va Lotin Amerikasidagi jami 33 aʼzo mamlakatga taalluqli siyosiy, huquqiy, iqtisodiy muammolarni hal etishga yordam berish, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyot yoʻlida hamkorlik qilishdan iborat.

ADTʼning oliy organi — Tashqi ishlar vazirliklarining Bosh assambleyasi, ijrochi organi — ADTʼning Doimiy kengashi boʻlib, rasmiy idorasi Washington D. C., AQSh’da joylashgan

Yana Qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil