Kontent qismiga oʻtish

Amazon Go

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amazon Go

Amazon Goning Sietldagi ilk doʻkoni
Turi Supermarket
Tarmogʻi Savdo
Egasi Amazon
Qachon asos solingan 2018-yil 22-yanvar
Asoschi(lari) Amazon
Vebsayti amazon.com/go

Amazon Go – Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Amazon onlayn-riteyleri tomonidan boshqariladigan doʻkonlar tarmogʻi. 2020-yil holatiga koʻra, kompaniyaning Sietl, Chikago, San-Fransisko va Nyu-Yorkda jami 26 ta doʻkoni mavjud.

Tarmoq doʻkonlarida 1997-yilda bitta sotuvchi oʻrniga imkon qadar koʻproq kassa apparatlarini oʻrnatish maqsadida ishlab chiqilgan oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish kassalari orqali toʻlov qilinadi. Natijada toʻlov avtomatik ravishda harakat sensorlari, kameralar va aqlli tarozilar yordamida amalga oshirila boshlagan. Shunday qilib, „xodimlarsiz doʻkon“ deb nomlangan savdoni avtomatlashtirish kontseptsiyasi amalga oshirilgan. Kompaniya kassaga qarovchi xodimlarsiz doʻkonlar ishga tushirilgani haqida maʼlumot bergach[1][2], baʼzi ommaviy axborot vositalari Amazon Goni dunyodagi birinchi avtomatlashtirilgan supermarketlar tarmogʻi deb tariflaganlar[3][4][5].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Amazon Go oʻz tarixini ilk doʻkoni ochilishidan ancha oldin boshlaydi. Doʻkonlar 2015-yilda Amazon asoschisi Jeff Bezos ushbu gʻoyani ilgari surishdan oldin Sietldagi ijaraga olingan omborda 15 000 kvadrat metrlik supermarket qurishni reja qilgan Amazon rahbarlari jamoasi tomonidan kontseptuallashtirilgan va sinovdan oʻtkazilib boʻlingan edi. Birinchi doʻkon Sietlda joylashgan va 2016-yil 5-dekabrda xodimlar uchun ochilgan; Doʻkon xaridorlar uchun 2018-yil 22-yanvardan boshlab ish faoliyatini boshlagan[6]. Ilk ochilish paytda doʻkondan oziq-ovqat mahsulotlari, spirtli ichimliklarning cheklangan turlarinigina sotib olishingiz mumkin edi[7].

2018-yilda aksiyadorlarga yozgan maktubida Jeff Bezos avtomatlashtirilgan supermarketni rivojlantirish qanchalik qiyinligini tushuntirib berdi. Koʻp yillar davomida navbatlardan xalos boʻlish gʻoyasini amalga oshirish haqida oʻylab, videokameralarni loyihalash, maxsus javonlar va boshqa koʻplab sharoitlarni yaratish haqida oʻylar va ularsiz tarmoqning muvaffaqqiyatini tasavvur qila olishmasdi.

Sietldagi birinchi Amazon Go doʻkonining ichki qismi

The Wall Street Journal doʻkonning ochilishi haqidagi hisobotida birinchi doʻkon joylashuvi Amazon ochishni rejalashtirgan uchta doʻkondan biri boʻlib, ularning har biri boshqacharoq formatda boʻlganini xabar qildi[8]. 2016-yil oktabr oyida Business Insider Amazonning ichki hujjatlarida mavjud boʻlgan rejalar haqida yozgan va kelgusi oʻn yil ichida 2000 tagacha doʻkon ochishni rejalashtirganini tahmin qilgan edi[9]. Soʻngra Amazon vakillari bu xabarni rad etib, loyiha hali ham oʻrganilayotganligini taʼkidlashgan[10][11].

Doʻkonlar joylashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-yil mart oyi holatiga koʻra, tarmoqning Qoʻshma Shtatlarda 26 ta doʻkoni mavjud[12].

Shahar, shtat Ochilish sanalari Hududdagi doʻkonlar soni Manbalar
1 Sietl, Vashington 2018-yil 22-yanvar 6 [13]
2 Chikago, Illinoys 2018-yil 17-sentyabr 7 [14]
3 San-Fransisko, Kaliforniya 2018-yil 23-oktyabr 5 [15]
4 Nyu-York, Nyu-York (shtat)i 2019-yil 7-may 8 [16][17]
Jami: 26

Fotogalereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Another Swing at the Unmanned Convenience Store“ (en). CSP Daily News (2014-yil 2-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
  2. „ShelfX’s Revolutionary Unmanned Convenient Store Makes Grand Opening In Las Vegas“ (en). vendingmarketwatch.com (2014-yil 28-avgust). Qaraldi: 2020-yil 20-sentyabr.
  3. Наталья Демченко. „Amazon открыл первый супермаркет без касс и продавцов“ (ru). РБК (2018-yil 22-yanvar). 2020-yil 13-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-iyun.
  4. „В США открылся магазин без кассиров и продавцов“ (ru). Аргументы и факты (2018-yil 22-yanvar). 2020-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-iyun.
  5. „Amazon открыл магазин без кассиров и продавцов в Сиэтле“ (ru). ТАСС (2018-yil 22-yanvar). 2020-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-iyun.
  6. Amerikanskiy internet-riteyler Amazon otkril v Sietle perviy v mire avtomatizirovanniy supermarket Amazon Go bez kass i prodavsov ( at www.vedomosti.ru Error: unknown archive URL 20200630163309 sanasida arxivlangan) // Ведомости, 2018
  7. „Amazon Go cashierless convenience store opens to the public in Seattle“ (en). The Seattle Times (2018-yil 21-yanvar). 2020-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.
  8. Safdar, Laura Stevens and Khadeeja. „Amazon Working on Several Grocery-Store Formats, Could Open More Than 2,000 Locations“. Wall Street Journal (2016-yil 6-dekabr). 2017-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.
  9. Eugene Kim. „Internal Amazon documents reveal a vision of up to 2,000 grocery stores across the US“. Business Insider. 2020-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.
  10. Jacob Kastrenakes. „Amazon says it has ‘no plans’ to open 2,000 stores“ (en). The Verge (2016-yil 8-dekabr). 2017-yil 7-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.
  11. Ben Fox Rubin. „Amazon: No, we're not opening 2,000 stores“ (en). CNET. 2017-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.
  12. „How to shop at Amazon Go“ (en). Amazon.com.
  13. „Amazon Go is finally a go: Sensor-infused store opens to the public Monday, with no checkout lines“ (en). GeekWire (2018-yil 21-yanvar). 2020-yil 29-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.
  14. „Amazon Go Store Opens In Chicago“ (en) (2018-yil 17-sentyabr). 2020-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.
  15. „Exclusive: Amazon unveils first San Francisco "Go" outpost with second S.F. store in the works“ (en). bizjournals.com.
  16. „A third Amazon Go store opens in NYC“ (en). bizjournals.com. 2021-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.
  17. Lauren Thomas. „Amazon Go opens for the first time in New York. And the cashier-free store will accept cash“ (en). CNBC (2019-yil 7-may). 2020-yil 27-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-iyun.