Amanda Blain

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Amanda Blain
Tavalludi 1980 (yoshi 43–44)
Kasbi Tadbirkor, jurnalist, and internet yulduzi yoki inflyuenser
Faoliyat yillari 2009-yildan hozirga qadar
Veb-sayti http://www.amandablain.com

Amanda Blain (1980-yilda tugʻilgan) – Toronto, Ontario, Kanadalik tadbirkor ayol, jurnalist, notiq va internet yulduzi[1]. U faqat ayollarga moʻljallangan doʻstlik veb-sayti – Girlfriend Social asoschisi, egasi va veb-ishlab chiqaruvchisi sifatida tanilgan[2]. Google plus bilan bogʻliq faoliyati bilan ham mashhur boʻlib, u yerda 5 million obunachiga ega boʻlgan[3]. Avvaliga dunyodagi eng koʻp kuzatilganligi boʻyicha 20-oʻrinda[4] va Google Plus yopilishidan oldin esa eng koʻp kuzatilgan 1-oʻrindagi kanadalik boʻlgan[5][6].

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blain Kanadaning Ontario shtatidagi Hamilton shahrida tugʻilgan. Arxeologiya va muzeyshunoslik boʻyicha tahsil olgan[3]. Shuningdek, matematika hamda ilm-fan muxlisi boʻlmasa-da, 14 yoshidan boshlab toʻliq stavkali veb-dasturchisi boʻlgan[3].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Girlfriend social[tahrir | manbasini tahrirlash]

Girlfriend Social logotipi

2009-yilda[7] Blain Girlfriend Social, ayollar doʻstligi veb-saytini yaratib, ishlab chiqargan va ishga tushirgan[8][9] „Internetda koʻplab ijtimoiy tarmoqlar mavjud boʻlsa-da, ularning aksariyati biznes tarmoqlari, allaqachon tanish boʻlgan odamlar bilan bogʻlanish, tanishuvlar yoki aloqalar bilan shugʻullanish uchun moʻljallangan. Lekin yangi doʻstlar orttirish uchun saytlar juda kam“ ekaniga urgʻu bergan.[10] Blainning bu gʻoyasi yangi shaharga koʻchib oʻtgandan soʻng va, asosan, erkak hamkasblari bilan yangi ish boshlagadan keyin paydo boʻlgan[11][12]. Sayt butun dunyo boʻylab ayollarga yangi doʻstlar orttirishga imkon berish uchun yaratilib, foydalanuvchilardan hech qanday toʻlov talab qilmagan va 500 000 dan ortiq aʼzolarga ega boʻlgan[13][14][15]. Aynan shu narsa uni dunyodagi faqat ayollar doʻstlashishi uchun yaratilgan eng katta ijtimoiy saytga aylantirgan[16][13].

Google plus[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blain Google Plus ga rasmiy beta-versiyasining birinchi kuni, 2011-yil 29-iyunda qoʻshilgan[5] va 2011-yil 15-dekabrda texnologik darajasi boʻyicha Google tomonidan tavsiya etilgan foydalanuvchilar roʻyxatiga kiritilgan[17]. Blain platforma haqida gapirish va uni targʻib qilish bilan mashhur boʻlib[18][19][20], uni „haqiqiy ijtimoiy media platformasi“ deb atagan[5]. Google Plus platformasidagi suhbatlar funksiyasidan tez-tez foydalanuvchi Blain hamjamiyat tomonidan „1-raqamli Hangout foydalanuvchisi“ deb topilgan[21]. Blainnning taʼkidlashicha, birinchi marta Google Hangouts da virtual tanishganidan keyin minglab odamlar bilan haqiqiy hayotda uchrashgan[22][23]. U 2019-yilning 1-aprelida Google Plus ning yopilishi haqida omma oldida gapirgan va bu „Ajoyib. Hayotni oʻzgartiruvchi tajriba“ boʻlganini aytgan[23]

Jurnalist[tahrir | manbasini tahrirlash]

Blain 2012-yilda shaxsiy blog va bir nechta texnologiyaga yoʻnaltirilgan veb-saytlarni ochgan[24][25]. U ushbu saytlarda va boshqalarda pop madaniyati, video oʻyinlar, ijtimoiy media va virtual haqiqat kabi mavzularni yoritgan[26][27][28].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „I found my calling: Interview with Amanda Blain of Girlfriend Social“. Career Builder (2016-yil 16-fevral).
  2. Tuhuh-Dubrow, Rebecca. „Women Can Connect, Click by Click“. The New York Times (2012-yil 13-iyul).
  3. 3,0 3,1 3,2 „I found my calling: Interview with Amanda Blain of Girlfriend Social“. Career Builder (2016-yil 16-fevral).
  4. Crum, Chris. „The 20th Most Popular Person On Google+ Tells You How To Use It Better“. WebProNews (2014-yil 16-aprel).
  5. 5,0 5,1 5,2 Crum, Chris. „The 20th Most Popular Person On Google+ Tells You How To Use It Better“. WebProNews (2014-yil 16-aprel).
  6. „Goodbye Google Plus -The Final Death Of G+ Eulogy“. Amanda Blain (2019-yil 1-aprel).
  7. „Women 2.0's Female Found Successes of 2009“. Women 2.0 (2009-yil 22-dekabr).
  8. (2009-yil 3-dekabr). „Canadian Entrepreneur Launches New Website That Could Re-Define the Meaning of 'Girls Night Out'“. Press-reliz.
  9. Teitel, Emma. „The challenge of finding friends online“. Macleans (2014-yil 30-avgust).
  10. Levine, Irene. „New Girl on the Block? Use the Internet to Find Friends“. HuffPost.
  11. Lowen, Linda. „Online Friendship Sites Help Women Make New Friends – An Interview with Girlfriend Social's Founder, Amanda Blain“. Thought Co.
  12. Andersen, Charlotte. „15 Beautiful Ways Real People Make Sure They Never Feel Lonely“. The Healthy.
  13. 13,0 13,1 Levine, Irene (2011), „Female Friends – Go Online To Connect“, Women's World, № May 23, 22-bet
  14. Gray, Emma. „Online Friends: How More Women Are Using Platonic 'Dating' Sites To Find Female Friendship“. HuffPost.
  15. Luchette, Claire. „7 Ways to Make New Friends“. HuffPost.
  16. Jones, Megan. „Having Friends Makes You Healthier, Happier, and Even a Better Sleeper (Says Science!)“. Reader's Digest.
  17. Googleʼs Suggested User List, . Retrieved August 20, 2012
  18. „NMX Speaker Page, April 1, 2013“. 2017-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-sentyabr.
  19. Top 10 Sessions By Speaker Ratings At Affiliate Summit East, Aug 15, 2016
  20. Affiliate Summit Speaker Page, July 31, 2016[sayt ishlamaydi]
  21. Shervington, Martin. The Art & Science of Google+, 2012. 
  22. „Guy Kawasaki and 10 Experts Chime in on the Value of Google Plus – and How You Can Start to Leverage It“. Windmill Networking (2012-yil 1-oktyabr).
  23. 23,0 23,1 „Goodbye Google Plus -The Final Death Of G+ Eulogy“. Amanda Blain (2019-yil 1-aprel).
  24. World Of Geek Stuff, June 8, 2021
  25. Amanda Blain Blog, June 8, 2021
  26. MuckRack Journalist Profile, June 8, 2021
  27. Purewal, Sarah. „9 Social Media Tricks You Must Know“. Men's Health (2013-yil 22-aprel).
  28. „The 7 Top Social Media Sites For Business (and why you want to use them)“. Cision (2013-yil 1-may).

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]