Alper Uçar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alper Uçar
Shaxsiy maʼlumotlari
Davlat Turkiya
Tavalludi 19-yanvar 1985-yil (1985-01-19) (39 yosh)
Denizli, Turkiya
Oldingi sheriklari Alisa Agafonova
Jenette Maitz
Jamoasi Altin Patenciler SC
Shaxsiy rekordlari
Raqs (umumiy natija) 163.00
Qisqa raqs 67.51
Erkin raqs 97.98

Alper Uçar (talaffuzi: Alper Uchar; 1985-yil 19-yanvarda tugʻilgan) — Turkiya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Alisa Agafonova bilan birga ikki marta Qishki Olimpiya oʻyinlarida (2014 va 2018) ishtirok etgan va sakkizta xalqaro medalni qoʻlga kiritgan, shu jumladan 2011-yilgi qishki Universiadada kumush va Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan musobaqalarida uchta medal sohibi boʻlgan. Juftlik olti marta Yevropa chempionati va toʻrt marta Jahon chempionatida ishtirok etgan.

Faoliyatining boshida Uçar yakka holda konkida uchish boʻyicha musobaqalarda ishtirok etgan. U 2005-yili Turkiya milliy chempionatining oltin medal egasi va o‘smirlar o‘rtasida to‘rt karra mamlakat chempioni boʻlgan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agafonova bilan birinchi uch mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uçar 2010-yilda ukrainalik Alisa Agafonova bilan juftlikda Turkiya terma jamoasi vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan. Ular 2011-yilgi qishki Universiada turnirida kumush medalni qoʻlga kiritigan.

Agafonova / Uçar juftligi 2012-yilda Angliyaning Sheffild shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 26-oʻrinni, 2012-yili Fransiyaning Nice shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 31-oʻrinni egallagan.

Agafonova/Uçar juftligiga dastlab Konnektikut shtatining Stamford shahrida Natalya Dubova va Oleg Voyko murabbiylik qilgan. Juftlik 2012-yilning dekabr oyida murabbiylarini almashtirib, Rossiyaning Moskva shahriga koʻchgan holda, murabbiylar Aleksandr Julin va Oleg Volkov qoʻl ostida musobaqalarga tayyorgarlik koʻra boshlagan. Juftlik 2013-yilda Xorvatiyaning Zagreb shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida 13-o‘rindan, 2013-yilda Kanadaning Ontario shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 28-o‘rindan joy olga[1]n.

2013 — 2014-yilgi mavsum[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agafonova / Uçar juftligi oʻz mavsumini 2013 Nebelhorn Trophy turnirida boshladi, bu oxirgi Olimpiya uchun saralash turniri edi. Juftlik 5-o‘rinni egallab, muz ustida raqs bo‘yicha Olimpiadada qatnashish uchun Turkiya vakili sifatida yoʻllanma olgan[2]. Juftlik 2013 NRW Trophy musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.

Agafonova / Uçar juftligi 2014-yilda Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida 17-o‘rinni egallaga[3]n. Fevral oyida ikkalasi 2014-yil Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Juftlik 2014-yil mart oyida Yaponiyaning Saitama shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 20-o‘rindan joy olgan[4].

Dasturlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agafonova bilan[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mavsum Qisqa raqs Erkin raqs
2017 — 2018

  • Samba: Cuba
  • Rhumba: How Deep Is Your Love

    (DJ Maksy Remix)
  • Samba: Cuba
2016 — 2017

  • Blues: Why Donʼt You Do Right?

    Amy Irving
  • Jive: Straight to… Number One
2015 — 2016

  • Waltz: Until…
  • Foxtrot: Moon over Bourbon Street
    Sting
  • Preserved Figs

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Agafonova bilan muz raqsi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xalqaro
Musobaqa 10 — 11 11 — 12 12 — 13 13 — 14 14 — 15 15 — 16 16 — 17 17 — 18
Olimpiada 22 19
Jahon chempionatlari 31 28 20 16 21 17 19
Yevropa chempionati 26 13 17 12 12 11 13
GP Fransiya 7
GP Rostelecom 8 9
GP Skate America 9
GP Skate Canada 10
CS DS Cup 1
CS Golden Spin 3 7
CS Mordoviya 4
CS Nebelhorn 6
CS Tallinn Trophy 4 2
CS U. S. Classic 7
CS Warsaw Cup 6
Universiada 2
Bavarian Open 6
Crystal Skate 5
Cup of Nice 8
Golden Spin 9
Ice Challenge 6 12 6
Istanbul Cup 4
Mont Blanc Trophy 5
Nebelhorn Trophy 11 5
NRW Trophy 7 9 9 2 1
Santa Claus Cup 2
Toruń Cup 4 2
Warsaw Cup 5

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]