Alparslan Kuytul

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Alparslan Kuytul (20- avgust 1965; Adana, Turkiya),Furqon harakatining ma’naviy yo‘lboshchisidir.

1980 yillardagi faoliyatlari izidan 1994 yili "Furqon ta’lim va xizmat vaqfi"ga (Furkan Eğitim ve Hizmet Vakfı) asos soldi. Hozirda Furqon vaqfi Turkiya umumida 35 dan ortiq shaharlarda, shuningdek xorijiy mamalakatlarda ham faol xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Hayoti[tahrir]

Alparslan Kuytul 1965 yili Adananing 45 km janubidagi Karatash shaharchasida dunyoga keldi. 1991 yili Chukurova universiteti arxitektura-muhandislik fakultetining qurilish muhandisligi bo‘limini bitirdi. 

1993-1997 yillar orasida Misrning al-Azhar universiteti Shariat fakultetining Islom huquqi bo‘limida tahsil oldi. 1997 yili al-Azhar universitetini tamomladi. Al-Azhar universitetida o‘qib yurgan yillarda Furqon ta’lim va xizmat vaqfini (1994) tashkil qildi.

Furqon ta’lim va xizmat vaqfi bir yilda Turkiya umumida jami 200.000 dan ziyod inson ishtirok etgan 100 dan ortiq konferensiya tashkil qildi. A. Kuytulga tegishli internetdan efirga uzatiladigan TVFurkan nomli kanal mavjud. Bundan tashqari 2011 yildan beri "Furqon nasli" jurnalining (Furkan Nesli Dergisi) bosh muharrirligini qilib kelmoqda. 


Havolalar[tahrir]