Alouddin Xalji

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Alouddin xalji, Alouddin Muhammadshoh I – Dehli sul-tonligi hukmdori (1296– 1316). Ama-kisi Jaloliddin Xaljini xiyonatkorona oʻldirib taxtni egallagan. Sal-tanatni mustahkamlab, hududini ken-gaytirgan. Yagona maʼmuriy tizimni joriy qilgan, soliqlarni tartibga solgan. Musulmon ruhoniylarining davlat ishlariga aralashuviga chek qoʻygan. Iqtodorlar va musulmon-diniy muassasalari (inomlar va vaqflar) davlat xazinasi foydasiga musodara qilingan, yerlardan olinadigan soliq miqdori ancha oshirilgan. A.X. davrida dehqonlardan olinadigan natural soliqlar miqdori hosilning yarmigacha oshirilgan. A.X. ul-kan qoʻshin tuzgan, moʻgʻullar salta-natning shimoli-gʻarbiy chegaralariga qilgan bosqinlarini bir necha marta (1303–08) qaytargan. Oʻz navbatida Jan.

Hindistonda zafarli urushlar olib borgan (1306–13 yillardagi Dekan yurishlari). A.X. Ashoka davridan soʻng birinchi boʻlib butun Hindiston hududini oʻz ichiga olgan yagona davlat tuzishga erishgan.