Almashlab ekish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Almashlab ekish – qishloq xoʻjaligi ekinlarini dalalar va yillar bo‘yicha il-miy asoslangan navbatlab ekish. Tuproq unumdorligini ta’minlash va ekinlarning hosildorligini oshirishning samarali tadbiri hisoblanadi. Almashlab ekish – dehqonchilik tizimining eng muhim qismidir. Ekinlarni tartibi bilan belgi-langan sxemada har bir dalaga ekish uchun ketgan vaqt Almashlab ekish rotatsiyasi deyiladi; Almashlab ekish ga kiritilgan ekinlarning guruhi ro‘yxati va ularni navbatlash tartibi yoki almashlab ekiladigan ekinlar bilan band bo‘ladigan dalalarning bir-biriga nisbati Almashlab ekish sxemasi deyiladi. Almashlab ekish jo-riy etilmay, bir yerning o‘ziga bir xil 359ekinlar surunkasiga eqilgan (yakka ziro-atchilik)da tuproqning fizik xususiyatlari yomonlashadi, ekinlar hosildorligi pasayadi, har xil kasallik va zararkunan-dalar, shu sharoitga moslashgan begona o‘tlar ko‘payadi (mas, poliz ekinlarida shumg‘iya, g‘o‘zada vilt, boshoqli g‘alla ekinlarida qorakuya va boshqalar). Ekinlar ka-salliklari, zararkunandalariga qarshi kurashda, dalalarni begona o‘t bosib ke-tishini bartaraf etishda Almashlab ekish sinalgan agrotexnik chora hisoblanadi. Almashlab ekish ni tasniflash ikki belgiga asoslanadi. Bularning biri – Almashlab ekish da yetishtirila-digan qishloq xoʻjaligi mahsuloti (paxta, don, ozuqa, sabzavot va boshqalar)ning asosiy turi. Ikkinchisi – biologik xususiyati, yetishti-rish texnologiyasi va tuproq unumdor-ligiga ko‘rsatadigan ta’siri jihatidan bir-biridan farq qiladigan ekinlar guruhlari nisbati (dukkakli don, don-li va texnika ekinlari, sabzavot-poliz ekinlari, ko‘p yillik o‘tlar). Birinchi belgisi jihatidan Almashlab ekish dalali, yem-xashak va maxsus Almashlab ekish bo‘linadi. Dalali Almashlab ekish da ekin maydonining yarmidan ko‘prog‘i asosiy (g‘o‘za, don ekinlari, kartoshka va boshqalar) ekinlar yetishtirishga ajratiladi. Yem-xashak Almashlab ekish da ham ekin maydonining yarmidan ko‘prog‘ini yem-xashak ekinlari egallaydi. Maxsus Almashlab ekish da maxsus agro-texnika, alohida sug‘orish usullari va boshqalarni talab qiladigan ekinlar yetishtiri-ladi. Ularga sabzavotlar, poliz ekinlari, tamaki, sholi va boshqa kiradi. Ikkinchi belgisi jihatidan Almashlab ekish ekinlar guruhi, asosiy tovar mahsuloti, dalalar soni, rotatsiya muddati va boshqa belgilariga ko‘ra tur (tip)larga bo‘linadi. Almashlab ekishning g‘o‘za –g‘alla – beda; don ekinlari – toza shud-gor; don ekinlari – o‘tlar – chopiqtalab ekinlar; don ekinlari – o‘tlar; o‘tlar – chopiq-talab ekinlar; chopiqtalab ekinlar – sideratli ekinlar; o‘tlar – dalali va boshqa tur (tip)lari bor. Almashlab ekish turiga qarab ekin turlari bilan band dalalar soni nisbati raqamlar bilan ifodalanadi. Mas, g‘o‘za-beda Almashlab ekish 3: 7 nisbatida birinchi raqam bedapoya dalalarini, ikkinchisi g‘o‘za dalalarini ko‘rsatadi (beda ekin maydonining 30,0%ni tashkil etadi). O‘zbekistonda xo‘jalikning qaysi soha bo‘yicha ixtisoslashgani va tuproq-iqlim sharoitiga kura Almashlab ekishning har xil sxemasi qo‘llanilishi mumkin.O‘zbekistonda 1930–90-yillarda ja-moa va davlat xo‘jaliklarida 3:7 sxe-mali donga ajratilgan bir dalali g‘o‘za – beda Almashlab ekish, 3:4:1:2 sxemali donga aj-ratilgan bir dalali g‘o‘za–beda Almashlab ekish va bo‘laklangan 1:2:1:2:1:3 sxemali bedasiz turli ekinlar – chopiqtalab ekinlar Almashlab ekish qo‘llanildi. Almashlab ekishning mazkur sxemalarida g‘o‘za salmog‘i 60–70%ni tashkil etdi. 90-yillar boshidan O‘zbekistonda don mustaqilligiga erishish uchun sug‘oriladigan maydonning katta qismi g‘alla ekinlari uchun (1997 yilda kariyb 1 mln.ga) ajratildi. Natijada g‘o‘za yakka-ziroatchiligiga barham berilib, ayrim xo‘jaliklarda g‘o‘za-g‘alla nisbati deyarli teng bo‘lib qoldi.Paxtachilik Almashlab ekish da boshokli don ekinlarini joylashtirish bo‘yicha tavsiyalarga binoan 1:2:7 sxemasiga ko‘ra ekinlar quyidagicha: 1 (g‘alla): 2 (beda): 7 (g‘o‘za) – g‘o‘za 70% yoki 1:2:3:1:2 sxemasida esa ekinlar 1 (g‘alla) : 2 (g‘o‘za) : 3 (beda) : 1 (g‘alla) : 2 (g‘o‘za) – g‘o‘za 40% joylash-tirilib, Almashlab ekish dalasida g‘o‘za sal-mog‘ini 10–20% kamaytirishga erishildi. Tuproq unumdorligi past, meliorativ holati yomon yerlarga 1:3:5 sxemalari – 1 m (meliorativ) : 3 (beda) : 5 (g‘o‘za) yoki 1 m (meliorativ): 3 (beda) : 4 (g‘o‘za) : 1 (g‘alla) – g‘o‘za 44,4 – 55,5% bo‘lgan namunaviy tav-siyalar berildi. Sholikor xo‘jaliklarda Almashlab ekishning uch, yetti, to‘qqiz va o‘n dalali sxemalari qo‘llaniladi. To‘qqiz dalali sxemada 1-, 2-, 3dalalarga sholi, 4dalaga yozning ikkinchi yarmida siderat yoki don uchun mosh, soya, o‘ris no‘xat (yozning birinchi yarmida dala meliorativ holati yaxshi-lanadi), 5-, 6-, 7-dalalarga sholi, 8dalaga beda bilan don uchun bahorgi arpa, 9-dalaga ikki yillik beda ekiladi. Bu sxemalarda sholi 66,6–70%ni tashkil etadi. Sabza-votchilikda sabzavot ekinlari Almashlab ekishning 360asosiy bo‘g‘ini ko‘p yillik va bir yillik o‘tlardir. Ekishda beda va boshqadukkakli ekinlardan keyin poliz ekinlari, ka-ram, piyoz, pomidor ekiladi. Kartoshka, poliz ekinlari, bodring va ildiz mevali ekinlardan keyin eqilgan karam ham mo‘l hosil beradi. Begona o‘tlardan ko‘proq zararlanadigan piyoz, ildiz mevali sab-zavot ekinlari (sabzi, lavlagi, sholg‘om, turp), kartoshka, bodring karamdan key-in eqilganda yaxshi samara beradi. Sab-zavot ekinlarini, odatda, ilgari ular yetishtirilgan dalaga 3–4 yil oralatib eqilgani ma’qul.O‘zbekistonning iqlim sharoitida bir dalaga takroriy ekin ekib, yil da-vomida ikki marta hosil olish mumkin. Mas, sabzavot ekinlarining 8 da-lali almashlab ekish sxemasida (3:4:1) 1-dalaga beda (birinchi yili beda makkajo‘xori yoki arpa bilan birga ekiladi), 2-dalaga beda (ikki yillik beda), 3-dalaga beda (uch yillik beda), 4-dalaga o‘rtagi sabza-vot (pomidor, bodring), 5-dalaga kechki sabzavot (kechki sabzavotdan oldin er-tagi kartoshka ekiladi), 6-dalaga kechki kartoshka (kechki kartoshkadan oldin er-tagi sabzavot ekinlaridan karam ekila-di), 7-dalaga sabzavot (piyoz), 8-dalaga kechki sabzavot (kechki sabzavotdan oldin ertagi kartoshka) ekiladi.Almashlab ekish tizimi qishloq xoʻjaligi fanlarining yangi yutuqlari va to‘plangan tajribaga muvofiq takomillashtirib boriladi.Ad.: Tursunxo‘jayev 3. S, Sorokin M., G‘o‘za – beda almashlab ekish va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari, T., 1978; Grechixin V. N. i dr., Sevooboroti v xlopkovodstve: Opit i problemi, T., 1982; Tursunxodjayev 3. S, Bolkunov A., Nauchnie osnovi xlopkovix sevooboro-tov, T., 1987.Abdurahim Ermatov.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil