Kontent qismiga oʻtish

Allomalar muzeyi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Allomalar muzeyi
Umumiy maʼlumot
Joylashuvi Xiva
Manzili Muhammad Amin inoq madrasasi
Shahar Xorazm
Mamlakat Oʻzbekiston

Allomalar muzeyi (Xiva) – muzey „Ichan qal’a“ davlat muzey-qoʻriqxonasidagi 1765-yilda qurilgan Muhammad Amin inoq madrasasida joylashgan.[1] Muzeyda Xorazm Maʼmun akademiyasi tarixi, akademiyada faoliyat yurishgan olimlarning asarlari, ularning ilmiy merosi oʻrin olgan. Muzeyda nafaqat renessans davridagi oʻzbek olimlari, balki ozarbayjonlik olimlarning nodir asarlari oʻrin olgan.

Muzey eksponatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Muzeyda;

  • Abu Abdullo Muhammad Ibn Muso al-Xorazmiy; Xorazmning Xiva shahrida tugʻilgan. Buyuk matematik astronom olim boʻlib, algebra fanining asoschisi hisoblanadi, „Al jabr val Muqobala“ asaridan algebra faniga asos solgan. Algaritm soʻzi buyuk allomaning nomidan kelib chiqqan. Muzeyda zich jadvali berilgan unda asarlari hamda oʻsha vaqtda maʼlum boʻlgan 5 ta sayyora, oy, quyosh, yulduzlar haqida umumiy maʼlumot berilgan, 116 ta jadvaldan iborat.
  • Abu Rayhon Beruniy; Xorazmning qadimgi poytaxti Kat shahrida tugʻilgan. U ham Buyuk matematik astronom olim. Birinchi boʻlib globusni yaratgan. Beruniy tomonidan chiziligan birinchi dunyo xaritasi muzeyda mavjud. Yer dumaloq shaklda va u quyosh atrofida aylanadi degan farazni ilgari surgan. Bundan V asr oʻtib ingliz olimi bu farazni isbotlab bergan. Abu Rayhon Beruniy ham 70 dan ortiq til va shevalarni bilgan
  • Abu Ali ibn Sino; Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan. 10 yoshida Qur’oni Karimni toʻliq yod olgan. XVI-XVII yoshida mashhur tabib boʻlib tanilgan. Hozirda muzeyda uning mashhur Tib qonunlari asarining koʻchirma nusxasi saqlanib kelinadi, uning asli esa Toshkent shaxrining Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar boʻlimida saqlanadi. Hamda muzeyda Qur’oni Karim Yosin surasining koʻchirma nusxasi 1883-yilda Sankt-Peterburgda chop ettirilgan. Kufiy (arab yozuvining eng qadimgi yozuvlaridan hisoblanadi) yoziuvida yozilgan. Usturlob asbobi Beruniy hamda Ahmad Fargʻoniy tomonidan yasalgan boʻlib, Beruniy 25 yoshida abservatoriyada turli xil tajribalar oʻtkazishda qoʻllashgan. Ushbu asboblar yordamida yorugʻlikni chiqish tushish paytini hamda joyni geografik kengiligini aniqlashda foydalanishgan.
  • Mahmud Zamaxshariy;
  • Nasriddin Tusiy;
  • Afzaliddin Xoqoniy Shirvoniy;
  • Abumuhammad Ilyos ibn Yusuf ibn Zakiy Muayyad Nizomiy Ganjaviy;
  • Muxammad ibn Suleyman Fuzuli kabi olimlarning asar va ilmiy merosi muzeyda namoyish qilinadi.[2]

2022-yil 22-iyunda Oʻzbekiston va Ozarbayjon prezidentlari qadimiy Xiva shahrini ziyorat qilishdi[3]. Ziyorat paytida Prezidentlar Ota darvozadan kirib, Koʻk minora, Koʻhna ark saroyi, Shergʻozixon madrasasi, Juma masjidi, Tosh hovlini tomosha qildi, Allomalar muzeyi bilan tanishdi[4].

  1. „arxiv nusxasi“. 2023-yil 19-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-oktyabr.
  2. https://www.khivamuseum.uz/uz/hiva-ichan-kala-da-yangi-allomalar-muzeyi-ochildi
  3. https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-va-ozarbayjon-prezidentlari-qadimiy-xiva-shahrini-ziyorat-qilishdi
  4. https://president.uz/uz/lists/view/5284