Alisher Vahobov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vahobov Alisher Vosiqovich
Tavalludi 1963-yil Тoshkent, O‘zbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi  UZB
Millati Oʻzbek
Sohasi Iqtisod

Vahobov Alisher Vosiqovich (1963-yilda tugʻilgan) — professor, iqtisod fanlari nomzodi. 2014-yil 14-apreldan 2016-yil 16-sentabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri lavozimida faoliyat olib brogan[1]. 2014-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosi[2]. Vazirlikning umumiy faoliyatiga, oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimiga rahbarlik qilish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish hamda kadrlar masalalari markazi faoliyatini muvofiqlashtirish uning vazifalariga kiradi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1963-yilda O‘zbekiston Respublikasida tug‘ilgan.
  • 1986-yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning siyosiy iqtisod fakultetini tamomlagan.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1991-yilda ,,Qishloq joylarda ijtimoiy muammolarni hal etishda nomoddiy jamg‘armalarning o‘rni” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
  • 2001-yilda – ,,Bozor munosabatlari sharoitida diversifikatsiyalangan iqtisodiyot” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
  • Mehnat faoliyatini 1986-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi universitetining ,,Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi o‘qituvchisi sifatida boshlagan.
  • 1991-1998-yillarda Toshkent moliya institutining ,,Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasida katta o‘qituvchi, so‘ngra dotsent bo‘lib ishlagan.
  • 1999-2002-yillarda Toshkent moliya instituti Moliya-iqtisod fakulteti dekani;.
  • 2002-2005-yillarda Toshkent moliya institutining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori;
  • 2005-2012-yillarda Toshkent moliya instituti rektori;
  • 2012-2014-yillarda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 14-apreldagi farmoni bilan A.V.Vahobov O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri etib tayinlangan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]