Alisher Navoiy asararida adl(odillik) masalasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

   

    Alisher  Navoiy asarlarida adl (odillik)  masalalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

     Kirish[tahrir | manbasini tahrirlash]

  Hazrat Alisher Navoiyning barcha janrlarda yaratilgan asarlarida adolat masalasiga jiddiy e’tibor berilgan.Ulug’ bobomizning asarlaridagi odillik turli holatlarda namoyon bo’ladi. Odillik faqatgina insonlar orasida emas, balki insonning tabiat, borliq, jamiyatga nisbatan ham o’z aksini topgan.

     Asosiy qism[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hazrat Navoiy bir she’rida:  ”Bir g’aribning ko’nglini shod aylamak oncha borkim, Ka’ba vayron o’lsa obod aylagay”, deydi.Bu bilan insonning qalbi Alloh uyi uni buzish esa Ka’bani vayron qilish bilan barobar deydi. “Hayrat ul-abror” asarida ham adolatga bag’ishlangan maxsus bob ham keltiradiki, bu bilan bu g’oyaning naqadar ulug’ligini, zarurligini uqtirmoqchi bo’ladi.                                                                          ”Hayrat ul-abror”da “Shoh G’oziy” hikoyati keltirilgan.Unda shoh toj-u taxt uchun kurashib yurgan paytlarida bir ayolning farzandini ham o’ldirib qo’yadi.O’sha yigitning onasi shohdan adolat talb qilib keladi. Shunda shoh kampirdan ikki guvoh talab qilganida, ayol insof va shoh adolatini guvoh sifatida ko’rsatadi.Shunda shoh onaning oldiga tiz cho’kadi va unga bo’ynini tutadi.Onaga ikki yo’lni tanlash tanlovini qo’yadi:biri shohni o’dirish, ikkinchisi boylikni olib farovonlikda yashash. Kampir shoh adolatidan xursand bo’lib boylikni tanlaydi, shu bilan xalq orasida Zoli zar, ya’ni tilla kampir degan nom qozonadi. Biz odatda adolat deganda shoh adolatini tushunamiz.                                                            Xondamirning  “Makorim ul-axloq” asarida Hazrat Navoiy namoz o’qishga kiradi, namozdan so’ng shoshilib chiqib ketadi.Keyin sababini bilsalar, Hazrat tahorat olish uchun to’xtagan arig’idagi o’tloqdan chumoli kiyimida qolgan bo’ladi, shuni olib joyiga eltish uchun shoshilgan bo’ladi, bu-jonzotlarga bo’lgan chin adolatdir. “Farhod va Shirin” asarida shoh farzandiga toj-u taxtni tortiq qilmoqchi bo’lganida ham, butun boyliklarni oyog’i ostiga nisor qilganida ham u farzandlik, burch, insoniylik adolatidan kechmaydi.“Saddi Iskandariy” dostonida Iskandar Doro yurtiga hujum qiladi, qanchalik urinmasin qal’aga kirolmaydi, shunda hiyla yo’liga o’tadi. Ikki Doroning ishongan odami vositasida uni o’ldirib qal’ani zabt etadi.Ikki Doroga xiyonat qilgan odamlarga shohdan yuqoriroq joyni va’da qiladi.Doro o’lgach, shu va’dasiga muvofiq shoh qabri ustiga dor qurib, har ikkalasini ostiradi, bu xiyonatkorlarga bo’lgan adolat edi, mard Doroga, uning avlodiga yaxshi munosabatda bo’lishi ham o’ziga xos adlning bir ko’rinishidir. Navoiyning “Sabba’i sayyor” asarida xorazmdan kelgan musofirdan moviy qasrda “Mehr va Suhayl” haqidagi hikoyani eshitadi.Mazkur hikoyada Mehr dengiz sayriga chiqib, qaroqchi zolim Jobirning asiriga aylanadi, shunda o’z yorini qutqarish uchun Suhayl yo’lga otlanadi. U ham “shujoyi daler”, quruqlikda sherday, suvda akuladay jang qiluvchi Jobirga duch keladi.Jobir barcha dushmanlarini osonlik bilan mag’lub etardi, ammo Suhaylni yengolmaydi. Suhaylni jangda yengolmagan, zolim Jobir hiyla yo’liga o’tadi va kemani teshadi. Mag’lubiyatga uchragan Suhaylni o’ldirmaydi, sababi undagi jur’atlilik Jobirga bunday yo’l tutishga imkon bermaydi. Bu bilan hattoki dushmanchilikda ham adolat bo’lishi haqidagi o’y-fikrlarga urg’u beriladi.                                                                                                                 Hazrat Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug’atayn” asarida shunday ta’rif keltiradi:”So’zum uldur va xayolimg’a andoq kelurkim, so’zum kavkabasi avjdin quyi inmagay va avjdin quyi yerni beganmagay”. Bu bilan ulug’ mutafakkir so’zga, iste’dodga bo’lgan buyuk adolatini namoyon etadi. Hammamizga ma’lum-u mashhur bo’lgan bir she’rni eslaylik:                                                                                  

Boshni fido ayla ato qoshig’a,                                                                                                                                                                                       Jismni qil sadqa ano boshig’a.                                                                                                                                              

Tun- kuningni aylagali nuri posh,                                                                                                                                                                                              Birisin oy angla, birisin quyosh.                                                                                                                                                                                          Ota-onaga ko’rsatilgan buyuk ehtirom orqali ulug’ shoir farzandning ota, ona oldidagi odilligini namoyon etib beradi.                                                Va’da berib o’z va’dasining ustidan chiqish ham adolatning bir ko’rinishidir. Hazrat Navoiyning “Kelmadi” radifli g’azalida xuddi shu holat o’z aksini topgan. Buyuk bobomiz o’zlarining fard janriga mansub bir asrlarida “kalishi yo’q odam oyog’i yo’q odamni ko’rib” shukr qilishi lozimligini bu bilan o’ziga nisbatan ham, buyuk Yaratuvchiga nisbatan ham o’z adolatini namoyon qilishi lozimligini ta’kidlaydi.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xulosa[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, buyuk bobomizning har bir asarlari nafaqat o’zbek xalqi uchun, balki buyuk insoniyat uchun katta ibrat namunasi bo’lib xizmat qiladi. Hazrat Alisher Navoiyning asarlarini o’qish, o’rganish, uni  targ’ib qilish insoniyatning bitmas tafakkuri uchun haqiqiy adolatdir.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar:[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Sabba'i sayyor"

„Muhokamat ul-lu'atayn“

„Saddi iskandariy“

„Hayrat ul-abror''“