Alimov Atabek

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alimov Atabek Kerimbergenovich
Tavalludi 16-mart 1987-yil (1987-03-16) (37 yosh)
Qoraqalpogʻiston Xoʻjayli
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi Menejment ixtisosligi
Taʼlimi Qoraqalpoq davlat universiteti
Ilmiy darajasi DSc

Alimov Atabek Kerimbergenovich(1987-yil 16-mart) Qoraqalpog'iston Respublikasi Xoʻjayli tumani, Kasbi Menejment ixtisosligi, Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori[1][2].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Atabek Alimov 1987-yil 16-martda Qoraqalpog'iston Respublikasi Xoʻjayli tumanida tug’ilgan. 2003-yilda Nukus shahar 2-sonli ixtisoslashtirilgan litsey internatini tamomlagan. 2007-yilda Iqtisodiyot (tarmoqlar bo’yicha) yo’nalishi bo’yicha bakalavriatni, 2009-yilda Iqtisodiyot (tarmoqlar bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha magistraturani tamomlagan. 2009-2010-yillarda Nukus iqtisodiyot kollejida o’qituvchi, 2010-2014-yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi assistenti, 2015-2017-yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti Menejment ixtisosligi bo’yicha doktoranturada tahsil olgan[3]. 2018-yilda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti huzuridagi ilmiy kengashda Qoraqalpog'iston Respublikasida ekologik turizmni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari va istiqbollari mavzusidagi dissertatsiya ishini himoya qilgan. 2019-2020-yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti lavozimlarida ishlagan. 2019-yilda Erasmus+ va Unica-Network hamkorligidagi UZDOC2 loyihasida ishtirok etgan. 2019-yilda Xitoyning Hunan provinciyasi, Changsha shahrida “LongPing LTD”da Gibrid sholi navlarini etishtirish bo’yicha malaka oshirgan. 2020-2021-yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti xalqaro hamkorlik boyicha prorektori lavozimida ishlagan. 2022-2023-yillarda Vengriyaning MATE (Vengriya qishloq xo’jaligi va hayot fanlari universitetida ilmiy tadqiqotchisi sifatida Mintaqaviy iqtisodiyot doktorantura maktabida doktoranturada tadqiqot olib borgan. 2023-2024-yillarda Qoraqalpoq davlat universiteti Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti sifatida ishlagan hamda 2024-yil fevral oyidan eʼtiboran Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.

Ilmiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

GoogleScholar[4]

Researchgate[5]

Scopus[6]

Ijtimoiy tarmoqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Telegram kanali

Youtube kanali

Internet sayti

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektor“.
  2. „Karakalpak state university“.
  3. „Qoraqalpog'iston Respublikasida ekologik turizmni rivojlantirishning asosiy yo'nalishlari va istiqbollari“.
  4. „Google Scholar“.
  5. „ResearchGate“.
  6. „Scopus“.