Kontent qismiga oʻtish

Ali al-Marandiy (1870-yilda tugʻilgan)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ali al-Marandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1870-yil (hijriy 1287-yil)
Vafoti milodiy 1951-yil (hijriy 1370-yil, jumaduloxir oyining 14-sanasi)
Dini Islom

Ali ibn Muhammad Javod ibn Ali al-Marandiy — faqih bo‘lgan. Milodiy 1870-yilda (hijriy 1287-yilda) Marandda tug‘ilgan. Dastlabki ilmini Eronda olgan. Najafda yashagan. Milodiy 1951-yilda (hijriy 1370-yil jumaduloxir oyining 14-sanasi juma kuni kechasi) vafot etgan va Salom vodiysida dafn etilgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 11 jildli „Sharhu-t-tabsira“ („Tabsira“ kitobiga sharh),
  • „al-Favoid al-mutafarriqa“ („Turfa foydalar“),
  • „Hoshiyatu-r-rasoil“ („ar-Rasoil“ga hoshiya),
  • „Hoshiyatu-l-makosib“ („Kasblar kitobiga hoshiya“),
  • „Hoshiyatu-t-tahora“ („Poklik kitobiga hoshiya“),
  • „Hoshiyatu-r-riyoz“ („Riyozat“ga hoshiya),
  • „Taqriru mabohisi-l-alfoz“ („So‘zlar borasidagi izlanishlar to‘plami“,
  • „Hoshiyatu-l-bayʼ“ („Oldi-sotdi“ kitobiga hoshiya)[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 45 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.