Kontent qismiga oʻtish

Ali ad-Dabusiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ali ad-Dabusiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti hijriy 482-yil
Dini Islom
Tanilgan sohasi Fiqh, tafsir va ilmi adab bo‘yicha imom, shofiʼiy faqih

Ali ibn Abu Yaʼlo Zayd ibn Hamza ibn Muhammad ibn Abdulloh al-Husayniy, al-Alaviy, ad-Dabusiy (Abul Qosim) — shofiʼiy faqih bo‘lgan. Bag‘doddagi „Nizomiya“ madrasasida taʼlim jarayonini boshqargan. Fiqh, tafsir va ilmi adab bo‘yicha imom bo‘lgan. Oliyjanob, himmatli va saxovatpesha odam bo‘lgan. O‘zaro tortishuv va xusumatni bostirishda qo‘li o‘ta kuchli bo‘lgan. Unga maqomotlar zuhur etar va shu alfozda fazilatlarining ko‘pligi namoyon bo‘lardi. Ulamolardan hadis tinglagan.

Ali ad-Dabusiy hijriy 482-yilda vafot etgan[1].

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 41-bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.