Ali Akbar al-Ardabiliy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ali Akbar al-Ardabiliy
Shaxsiy maʼlumotlar
Tavalludi milodiy 1853-yil (hijriy 1269-yil)
Vafoti milodiy 1935-yil (hijriy 1354-yil)
Dini Islom

Ali Akbar ibn Muhsin al-Ardabiliy — olim. Vilodiy 1853-yilda (hijriy 1269-yil) tugʻilgan. Dastlabki taʼlimni o‘z yurtida olgach, Iroqqa borgan. U yerda Habibulloh ar-Rushtiy va boshqalarga shogird tushib, ilm o‘rgangan. So‘ngra Ardabilga qaytib borgan. Ardabilda fiqh, usul, hadis, kalom va ilm-fanning boshqa sohalari bo‘yicha yirik olim sifatida eʼtirof etilib, katta shuhrat qozongan. Milodiy 1935-yilda (hijriy 1354-yil) tugʻilgan.

Asarlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Risolatu avomili-n-nos“ („Odamlarning omillari haqidagi risola“)
  • „Baʼs va nushur“ („Qayta tiklash va nomutanosiblik“)
  • „Fathu-l-ulum“ („Ilmlarning fath etilishi“)
  • „Kayfiyatu-t-taʼlim va-t-taʼallum li dini-l-islom“ („Islom dinini o‘rganish va o‘qitish yo‘llari“) va hokazo[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 47 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.