Alfred Karlovich Arends

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Alfred Karlovich Arends (1893, Peterburg – 1978, Toshkent) – sharqshunos olim.

Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1970). Filol. fanlari doktori (1963). Birinchi jahon urushida qatnashgan. 1936-yildan sobiq Ittifoq Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. Oʻrta Osiyo universitetining Sharq fakultetida Eron filol. kafedrasi mudiri (1947 – 52). 1952-yildan Oʻzbekiston Sharqshunoslik institutida ishlagan. A. "Tarixi Mas’udiy" kitobining ilmiy-tanqidiy matni va ilmiy tadqiqoti mavzuida ilmiy ishlar olib borgan. Oʻzbekistonda sharqshunoslik fanini rivojlantirishda, yosh olimlar yetishtirish va tarbiyalash sohasida muayyan xizmat koʻrsatgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil