Alex Olmedo

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alex Olmedo
Tenniskampioenschappen in Noordwijk, Alex Olmedo (Amerika), Bestanddeelnr 916-7880.jpg
Toʻliq ismi Alejandro Olmedo Rodríguez
Mamlakat Peru bayrogʻi Peru
AQSH bayrogʻi AQSh
Tugʻilishi 24-mart 1936-yil
Arequipa, Peru
Vafoti 9-dekabr 2020-yil(2020-12-09)
(84 yoshda)
Los Angeles, California, US
Boʻyi 5 ft 10 in (1.78 m) sm
Professionallik 1960
Faoliyati tugashi 1977
Ishlatadigan qoʻli Oʻng qoʻl
Int. Tennis HoF 1987 (aʼzolik sahifasi)
Yakkalik bahslar
Rekordi 64–50
Jami titullari 21[1]
Eng yuqori pozitsiyasi No. 2 (1959, Lance Tingay)
„Katta dubulgʻa“ turniri yakkalik bahslari natijalari
Australian Open W (1959)
French Open 1R (1969, 1972)
Wimbledon W (1959)
US Open F (1959)
Professional majors
US Pro W (1960)
Wembley Pro SF (1960, 1963)
French Pro QF (1962, 1964)
Juftlik bahslari
Rekordi 26–35
„Katta dubulgʻa“ turniri juftlik bahslari natijalari
US Open W (1958)
Mixed doubles
„Katta dubulgʻa“ turniri aralash juftlik bahslari natijalari
US Open F (1958)
Jamoa musobaqalari
Davis Cup W (1958)

Alex Olmedo (1936-yil 24-mart — 2020-yil 9-dekabr) Amerika fuqaroligiga ega Perulik tennischi edi. U USTA (xalqaro tennischilar uchun roʻyxat) tomonidan 1958-yilda „xorijiy“ oʻyinchi, 1959-yilda esa AQSh oʻyinchisi sifatida roʻyxatga olingan.[2] U 1958-yilda Qoʻshma Shtatlar uchun Devis kubogini yutishga yordam berdi va 1959-yilda 2-oʻrindagi havaskor tennischilar qatoriga qoʻshildi. Olmedo 1959-yilda ikkita Major (Avstraliya va Wimbledon) va 1960-yilda AQSh Pro chempionatida gʻolib chiqdi va 1987-yilda Tennis Halls of Fame(xalqaro tennischilar roʻyxati)ga kiritildi.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Peruda tugʻilib oʻsgan boʻlsa-da, Olmedoning oilasi Janubiy Kaliforniyaga koʻchib oʻtgan va Los-Anjeles Tennis Klubida (LATC) Janubiy Kaliforniya Tennis Assotsiatsiyasi[3] prezidenti Perry T. Jones tomonidan unga tennis boʻyicha mahorat darslari oʻtilgan. George Toley Olmedoni Janubiy Kaliforniya Universiteti (USC) jamoasida oʻynash uchun taklif qilgan va Olmedo ham buni qabul qilgan. Olmedo USC universitetini biznes yoʻnalishini tamomlagan. U yerda boʻlganida, u 1956 va 1958-yillarda Milliy Kollej Atletika Assotsiatsiyasi (NCAA)ning yakkalik va juftlik chempionatida gʻolib chiqdi.[4] (Ammo, 1957-yilda USC futbol oʻyinlari bilan bogʻliq boʻlgan moliyaviy huquqlarni buzilganligi sababli NCAA musobaqasidan chetlashtirildi. Bu chetlanish tennis jamoasini ham musobaqaga qatnashishdan toʻxtatdi.)

Olmedo 1959-yilda The Daily Telegraph nashri Lance Tingay tomonidan dunyoda eng yaxshi tennischilar qatoridan 2-oʻrinni egallagan.[5]

Devis Kubogi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alex Olmedo 1958-yilda Devis Kubogi sardori boʻlgan va ushbu jamoada oʻynash uchun Modesto Junior kolleji tomonidan jalb qilgan. U 1958 va 1959-yillarda Devis kubogi musobaqalarida AQShni himoya qilib, yakkalik va juftlik bahslarida gʻalaba qozongan. 1958-yilda esa kubokni qoʻlga kiritish uchun zarur boʻlgan uchta ochkoning barchasiga erishgan(ikkita yakkalik va bitta juftlik). Uning jamoadoshlari Ham Richardson va Barry MacKay edi, ular birgalashib 1958-yilda kubokni qoʻlga kiritgan.[6] Garchi u AQSh fuqarosi boʻlmasa-da, u mamlakatda kamida uch yil yashaganligi sababli (1954-yil fevralidan beri) va uning fuqaroligi boʻlgan Peruda Devis Kubogi jamoasi boʻlmagani tufayli AQSh vakili boʻlish huquqiga ega edi. Biroq, bu vaziyat koʻplab ziddiyatlarga sabab boʻldi. The New York Times gazetasining sport sharhlovchisi Arthur Dailey shunday deb yozgan: „Bu Amerika tennisi tarixidagi eng qaygʻuli kun boʻlib tuyuladi. Yana bir nechta bunday ajoyib gʻalabalar va bu mamlakatning tennisdagi nufuzi past darajaga tushadi“. Oʻshanda talaba vizasiga ega boʻlgan Olmedo AQSh fuqaroligini olishdan bosh tortgan, Peru fuqarosi boʻlib qolishdan mamnunligini aytgan va harbiy xizmatga chaqirilmaslik uchun AQSh fuqaroligini olishdan bosh tortayotganini aytgan. Shunga qaramay, koʻplab amerikaliklar „kubokda gʻalaba qozonish uchun Perulik oʻyinchini oʻz jamoalariga yollamoqchi boʻlishganini hali-hanuz chuqur qaygʻular bilan eslashadi“.[7] Koʻp yillar oʻtib Olmedo AQSh fuqaroligini oldi.[8]

Boshqa chempionatlarda ishtiroki[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olmedo 1959-yilda Avstraliya chempionati va Wimbledon chempionatining yakkalik bahslarida gʻolib chiqdi va 1959-yilgi AQSh chempionatida ikkinchi oʻrinni egalladi va oʻsha yil boshida Avstraliya chempionatida magʻlub boʻlgan Neale Freserga yutqazdi. 1959-yilda Wimbledonda u Rod Laverni 71 daqiqada 6-4, 6-3, 6-4 hisobida magʻlub etgan. Olmedo 1960-yilda professional tennischiga aylandi va oʻsha yili finalda Tony Trabertni magʻlub etib, US Pro unvonini qoʻlga kiritdi.

Murabbiylik faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olmedo 1987-yilda Xalqaro Halls of Fame(yaxshi tennischilar roʻyxati)ga kiritilgan.[9] U Kaliforniyadagi Beverli-Xillz mehmonxonasida 40 yildan ortiq tennisdan murabbiylik qilgan. Uning mijozlari orasida Katharine Hepburn, Robert Duvall va Jon Lovitzlar bor edi.[8]

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Olmedoning Ann Olmedo bilan nikohi ajralish bilan yakunlandi. Uning kichik oʻgʻli Alejandro, ikki qizi Amy va Angela va toʻrtta nabirasi bor edi.[8] Olmedo 2020-yil 9-dekabrda 84 yoshida Los-Anjelesda saraton kasalligidan vafot etdi.[10][11][12]

Grand Slam finallari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yakkalik bahslar (2 unvon, 1 ikkinchi oʻrin)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natija Yil Chempionat Qoplama Raqib Hisob
Gʻalaba 1959-yil Avstraliya chempionati Oʻt Avstraliya Neale Fraser 6-1, 6-2, 3-6, 6-3
Gʻalaba 1959-yil Wimbledon Oʻt Avstraliya Rod Laver 6-4, 6-3, 6-4
Magʻlubiyat 1959-yil AQSh chempionati Oʻt Avstraliya Neale Fraser 3-6, 7-5, 2-6, 4-6

Juftliklar bahslar (1 sovrin, 1 ikkinchi oʻrin)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natija Yil Chempionat Qoplama Hamkor Raqiblar Hisob
Gʻalaba 1958-yil AQSh chempionati Oʻt Qoʻshma Shtatlar Ham Richardson Qoʻshma Shtatlar Sam Giammalva

Qoʻshma Shtatlar Barry MacKay

3-6, 6-3, 6-4, 6-4
Magʻlubiyat 1959-yil AQSh chempionati Oʻt Qoʻshma Shtatlar Butch Buchholz Avstraliya Roy Emerson

Avstraliya Neale Fraser

6-3, 3-6, 7-5, 4-6, 5-7

Aralash juftliklar bahsi (1 ta ikkinchi oʻrin)[tahrir | manbasini tahrirlash]

Natija Yil Chempionat Qoplama Hamkor Raqiblar Hisob
Magʻlubiyat 1958-yil AQSh chempionati Oʻt Braziliya Maria Bueno Avstraliya Neale Fraser

Qoʻshma Shtatlar Margaret Osborne duPont

3-6, 6-3, 7-9

= "Grand Slam" turniri natijalari jadvali[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yakkalik bahslar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Turnir 1951-yil 1952-yil 1953-yil 1954-yil 1955-yil 1956-yil 1957-yil 1958-yil 1959-yil 1960-yil 1961-yil 1962-yil 1963-yil 1964-yil 1965-yil 1966-yil 1967-yil 1968-yil 1969-yil 1970-yil 1971-yil 1972-yil
Avstraliya ochiq chempionati A A A A A A A A A A A A A A A A A A A A A 1/1
Fransiya ochiq A A A A A A A A A A A A A A A A A A 1R A A 1R 0/2
Wimbledon A A A A A A 1R A A A A A A A A A 3R 1R A A 2R 1/5
US Open 1R A A A 2R 4R 1R QF F A A A A A A A A 3R A 2R 1R 2R 0/10
Reyting 0 / 1 0 / 0 0 / 0 0 / 0 0 / 1 0 / 1 0/2 0 / 1 2/3 0 / 0 0 / 0 0 / 0 0 / 0 0 / 0 0 / 0 0 / 0 0 / 0 0/2 0/2 0 / 1 0 / 1 0 / 3 2 / 18

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Alex Olmedo: Career match record“. thetennisbase.com. Tennismem SL.
  2. „U.S. Top 10s - Men“. usta.com.
  3. „Hall of Famers – Perry Jones“. International Tennis Hall of Fame. 21-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 6-iyul 2012-yil.
  4. „Alex Olmedo, Tennis Champion“. Sports illustrated (7-sentabr 1998-yil). 2-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-iyul 2009-yil.
  5. United States Lawn Tennis Association (1972).
  6. „Hail to the Chief“. Time (12-yanvar 1959-yil). 1-fevral 2011-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 28-iyul 2009-yil.
  7. "While Critics Cry, He Wins", Lakeland Ledger, August 23, 1959, page 19.
  8. 8,0 8,1 8,2 Goldstein. „Alex Olmedo, 84, Dies; Tennis Star Known for a Remarkable Year“. The New York Times. Qaraldi: 19-dekabr 2020-yil.
  9. „Alejandro Olmedo“. International Tennis Hall of Fame. Qaraldi: 17-noyabr 2010-yil.
  10. Joel Drucker. „Remembering Alex Olmedo, 1936–2020: star player, teacher to the stars“. Tennis.com (10-dekabr 2020-yil). 10-dekabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 10-dekabr 2020-yil.
  11. James Buddell. „Alex Olmedo, 1936-2020“. Association of Tennis Professionals (ATP) (10-dekabr 2020-yil).
  12. Goldstein, Richard. „Alex Olmedo, 84, Dies; Tennis Star Known for a Remarkable Year“ (en-US). The New York Times (13-dekabr 2020-yil). Qaraldi: 26-dekabr 2021-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]