Alessandro Nesta

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alessandro Nesta
Nesta Montreal Impact klubi bilan 2013-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alessandro Nesta[1]
Tavallud sanasi 19-mart 1976-yil (1976-03-19) (48 yosh)[2]
Tavallud joyi Rim, Italiya
Boʻyi 1.87 m[2]
Ampluasi himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1985-1993 Lazio
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1993-2002 Lazio 193 (1)
2002-2012 Milan 224 (7)
2012-2014 Montreal Impact 31 (0)
2014 Chennaiyin 3 (0)
Milliy terma jamoa
1995-1996

Italiyaning 21 yoshgacha

boʻlgan oʻsmirlar terma jamoasi
9 (1)
1996-2006 Italiya milliy futbol terma jamoasi 78 (0)
Boshqargan klublari
2015-2017 Miami FC
2018-2019 Perugia
2019-2021 Frosinone
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Alessandro Nesta (talaffuzi:  Alessandro Nesta) (1976-yil 19-martda tugʻilgan) — italiyalik professional futbol menejeri va sobiq futbolchi.Faoliyatining koʻp qismida markaziy himoyachi sifatida maydonga tushgan Alessandro Nesta barcha davrlarning eng yaxshi himoyachilaridan biri hisoblanadi. Alessandro Nesta oʻzining tezligi, murakkab zarbalari, toʻp bilan ishlay olish qobiliyati va himoyadagi mustahkamligi bilan mashhur edi[3][4][5].

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alessandro Nesta „Lazio“ klubi va "Milan" klubi oʻrtasidagi 20 yillik faoliyati davomida A Seriyada 400 dan ortiq oʻyin oʻtkazdi. Alessandro Nesta ikkala klub bilan ham Italiya chempionligini, ham Yevropa chempionligini qoʻlga kiritdi. Keyinchalik oʻz faoliyati davomida Alessandro Nesta Oliy liga(MLS) da „Montreal Impact“ klubi va Hindiston Superligasining vakili „Chennaiyin“ klublarida oʻynagan. Alessandro Nesta toʻrt marta A Seriyada yilning eng yaxshi himoyachisi nomiga sazovor boʻlgan[6]. 2004-yilda Alessandro Nesta FIFAning 100 yilligini nishonlash doirasida eng yaxshi 100 ta futbolchidan biri deb topildi[7]. 2021-yilda Alessandro Nesta Italiya futboli shon-sharaf zaliga kiritildi .

Alessandro Nesta 1996-yilgi debyutidan boshlab oʻn yil davomida Italiya milliy futbol terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Bu vaqt oraligʻida Alessandro Nesta terma jamoa bilan jami 78 oʻyin oʻtkazdi. Xalqaro miqyosda Alessandro Nesta 1996-yilgi Olimpiya oʻyinlarida, uchta UEFA Yevropa chempionatida va uchta FIFA Jahon kubogida qatnashgan. Alessandro Nesta 2006-yilgi jahon chempionatida gʻolib chiqqan Italiya milliy futbol terma jamoasi aʼzosi boʻlgan.

Oʻyin uslubi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alessandro Nesta 2012-yil sentyabr oyi

Alessandro Nesta haqiqiy himoyachi edi. Alessandro Nestani klubda ham, xalqaro miqyosda ham ekspertlar oʻz avlodi va barcha davrlarning eng buyuk va eng qobiliyatli himoyachilaridan biri deb bilishgan[8][9][10][11][12]. Alessandro Nesta juda chaqqon oʻyinchi boʻlib, mukammal muvozanat, maydonni koʻrish qobiliyati va toʻpni aniq uzatish qobiliyatiga ega edi. Bu esa Alessandro Nestaga toʻpni raqibdan qaytarib olganidan keyin toʻpni himoyadan olib chiqish va hujum zonasiga aniq yetkazib berish imkoniyatini bergan. Bu qobiliyatlari Alessandro Nestani „Milan“ klubining sobiq sardori Franco Baresi bilan solishtirishga olib keldi[11][12][13][14][15]. Alessandro Nesta dastlab oʻng qanot himoyachisi sifatida faoliyatini boshlagan. Ammo keyinchalik Alessandro Nesta markaziy himoyachi sifatida oʻyinlarda qatnasha boshlagan. Alessandro Nestaning texnik mahorati, atletikasi va mudofaa qobiliyati uni taktik nuqtai nazardan koʻp qirrali oʻyinchiga aylantirdi. Alessandro Nesta orqa chiziqning istalgan joyida oʻynashga qodir[11][16][17][18][19]. Alessandro Nesta havoda ham zoʻr oʻynay olar edi. Alessandro Nesta faoliyati davomida oʻzining tezligi, tezlanishi va chidamliligi bilan ajralib turardi[20][21][22].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2007-yil 7-mayda Alessandro Nesta Gabriela Pagnozzi bilan oila qurdi. Ularning toʻy tadbiri 2007-yil 30-mayda Milanda diniy marosim shaklida boʻlib oʻtdi. Ularning Sofia ismli qizi (2006-yil 19-oktyabrda tugʻilgan) va Tommaso ismli oʻgʻli (2008-yil 20-martda tugʻilgan) bor[23]. Alessandro Nestaning jiyani Gian Marco Nesta ham professional futbolchi hisoblanadi[24].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Kubuk Qitʼa Boshqa Umumiy
Diviziya Oʻyin Gollar soni Oʻyin Gollar soni Oʻyin Gollar soni Oʻyin Gollar soni Oʻyin Gollar soni
Lazio 1993-94 A Seriya 2 0 0 0 0 0 - 2 0
1994-95 A Seriya 11 0 1 0 0 0 - 12 0
1995-96 A Seriya 23 0 2 0 3 0 - 28 0
1996-97 A Seriya 25 0 4 0 4 0 - 33 0
1997-98 A Seriya 30 0 9 1 10 1 - 49 2
1998-99 A Seriya 20 1 2 0 4 0 - 26 1
1999-2000 A Seriya 28 0 2 0 9 0 1 0 40 0
2000-01 A Seriya 29 0 1 0 8 0 1 0 39 0
2001-02 A Seriya 25 0 1 0 6 0 - 32 0
Umumiy 193 1 22 1 44 1 2 0 261 3
AC Milan 2002-03 A Seriya 29 1 5 1 14 0 - 48 2
2003-04 A Seriya 26 0 4 1 6 0 2 0 38 1
2004-05 A Seriya 29 0 3 0 12 0 1 0 45 0
2005-06 A Seriya 30 1 2 0 10 0 - 42 1
2006-07 A Seriya 14 0 0 0 8 0 - 22 0
2007-08 A Seriya 29 1 0 0 7 0 3 1 39 2
2008-09 A Seriya 1 0 0 0 0 0 - 1 0
2009-10 A Seriya 23 3 0 0 7 0 - 30 3
2010-11 A Seriya 26 0 2 0 7 0 - 35 0
2011-12 A Seriya 17 1 1 0 7 0 1 0 26 1
Umumiy 224 7 17 2 78 0 7 1 326 10
Montreal Impact 2012 MLS 8 0 - - - 8 0
2013 MLS 23 0 2 0 1 0 - 26 0
Umumiy 31 0 2 0 1 0 0 0 34 0
Chennaiyin 2014 Hindiston Superligasi 3 0 3 0
Umumiy 451 8 41 3 123 1 9 1 624 13
Terma jamoadagi oʻyin faoliyati
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Italiya milliy futbol terma jamoasi 1996-yil 2 0
1997-yil 7 0
1998-yil 7 0
1999-yil 6 0
2000-yil 13 0
2001-yil 5 0
2002-yil 10 0
2003-yil 7 0
2004-yil 10 0
2005-yil 5 0
2006-yil 6 0
Jami 78 0

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players: Italy“. FIFA (2014-yil 21-mart). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. 2,0 2,1 „NESTA, ALESSANDRO“ (it). La Gazzetta dello Sport. Qaraldi: 2016-yil 3-dekabr.
  3. „Nesta retires from Italian national soccer team“. CBC News (2007-yil 1-avgust).
  4. „AC Milan Defender Alessandro Nesta Rules Out Italy Return“. Goal India (2009-yil 26-avgust). Qaraldi: 2014-yil 24-iyul.
  5. Rob Paton. „Nesta – thanks and goodbye“. Football Italia (2012-yil 11-may). Qaraldi: 2017-yil 26-oktyabr.
  6. „– Team of the Year“. UEFA (2012-yil 24-oktyabr). Qaraldi: 2012-yil 5-noyabr.
  7. „Pele's list of the greatest“. BBC Sport (2004-yil 4-mart). Qaraldi: 2013-yil 15-iyun.
  8. „Nesta retires from Italian national soccer team“. CBC News (2007-yil 1-avgust).
  9. „AC Milan Defender Alessandro Nesta Rules Out Italy Return“. Goal India (2009-yil 26-avgust). Qaraldi: 2014-yil 24-iyul.
  10. Rob Paton. „Nesta – thanks and goodbye“. Football Italia (2012-yil 11-may). Qaraldi: 2017-yil 26-oktyabr.
  11. 11,0 11,1 11,2 Giacomo Moccetti. „IL PIÙ GRANDE DI SEMPRE“ (it). Il Giornale. Qaraldi: 2017-yil 1-fevral.
  12. 12,0 12,1 „Baresi promuove Nesta: "E' più forte di me"“ (it). Corriere della Sera (2002-yil 4-sentyabr). Qaraldi: 2014-yil 24-iyul.
  13. „Italy squad at a glance“. BBC (2000-yil 14-noyabr). Qaraldi: 2015-yil 7-noyabr.
  14. „Rui Costa picks his #One2Eleven on The Fantasy Football Club“. Sky Sports (2012-yil 23-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 27-mart.
  15. John Ley. „Italy Team Details“. The Telegraph (2000-yil 9-iyun). 2022-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 18-may.
  16. „EURO 2000 SQUAD: Alessandro Nesta“. BBC News (2000). Qaraldi: 2014-yil 24-iyul.
  17. „Test per la difesa a tre Spazio a Cossu e Maggio“ (it). La Repubblica (2010-yil 2-mart). Qaraldi: 2016-yil 1-fevral.
  18. Enrico Currò. „Bergomi e il calcio antico Ma il libero serve sempre“ (it). La Repubblica (1998-yil 24-may). Qaraldi: 2016-yil 14-noyabr.
  19. Vincenzo D'Angelo. „Romagnoli, il paragone con Nesta e quei segni del destino...“ (it). La Gazzetta dello Sport (2015-yil 15-iyul). Qaraldi: 2017-yil 1-fevral.
  20. Enrico Maida. „NESTA, Alessandro“ (it). Treccani: Enciclopedia dello Sport (2002). Qaraldi: 2017-yil 3-mart.
  21. Alex Livesey. „Profile: Alessandro Nesta“. ESPN FC (2000-yil 13-iyul). Qaraldi: 2017-yil 22-fevral.
  22. „Alessandro Nesta“. BBC Sport (2004-yil 25-may). Qaraldi: 2020-yil 18-may.
  23. Giorgio Dell'Arti. „Alessandro Nesta“ (it). Il Corriere della Sera (2014-yil 23-iyun). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 19-mart.
  24. „Gian Marco Nesta, primo gol per inseguire zio Alessandro“ (it). tuttomercatoweb.com (2019-yil 29-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 7-iyul.