Ales Garodnaya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ales Garodnaya
Tavalludi 8-yanvar, 1889-yil
Perm gubernatorligi, Rossiya imperiyasi
Vafoti 12-sentyabr, 1944-yil
Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi RossiyaSSSR bayrogʻi SSSR

Ales Garodnaya (1889-yil 8-yanvar, Perm gubernatorligi, Rossiya imperiyasi – 1944-yil 12-sentyabr, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR, SSSR) – yozuvchi, adabiyotshunos. U „Yandorog“, „Podberezki“ va „Xoradenskiy“ taxalluslarida ham ijod qilgan[1].

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ales Garodnaya 1889-yil 8-yanvar kuni Rossiya imperiyasiga qarashli boʻlgan, Perm gubernatorligida amaldorlar oilasida tugʻilgan. Uning otasi farzandini belaruscha gapirishini istamasdi, biroq Ales Garodnaya belarus tilini yaxshi koʻrardi. Garchi otasi qarshi boʻlsa-da, u yoshligidan boshlab, belarus xalqining milliyligini oʻrgana boshlaydi. 1917-yil boʻlgan oktyabr inqilobidan soʻng, Ales Garodnaya Moskvaga koʻchib oʻtdi. U Belarus SSR Sotsialistik partiyasiga aʼzo boʻldi. Bundan soʻng, 1930-yilning boshlarida yozuvchilar Mixas Charot, Valeriy Marakov va rassom Anatoliy Tyuchin bilan birgalikda „Qizil Belarus“ gazetasida ishlay boshladi. Ales Garodnaya 1930-yil 3-noyabrda Minsk shahrida hibsga olinadi. Hibsga olinishining asosiy sababi sifatida Ales Garodnayaning Belarus haqidagi kerakli maʼlumotlarni yashirishga uringanligini keltirishgan. 1931-yil 15-iyunda Belarus SSR Oliy Sudining hukmiga binoan, 10 yilga ozodlikdan mahrum qilinadi. Biroq, 4 yil qamoq jazosini oʻtganidan soʻng, Samarqandga surgun qilinadi. Samarqandga surgun qilinganidan soʻng, 1935-yil 30-noyabrda „Aksilinqilobiy faoliyati“ jinoyati bilan hibsga olinadi. Oliy Sudning 1942-yil 19-dekabrda oʻlim jazosiga hukm qilinadi. Biroq, uning jazosi 10 yil ozodlikdan mahrum qilishga almashtiriladi. Ales Garodnaya 1944-yil 12-sentyabrda Samarqanddagi qamoqxonada vafot etadi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning birinchi sheʼrlar 1925-yilda „Polima“ jurnalida chop etila boshlangan. Ales Garodnaya 1929-yil eʼlon qilingan „Yerimizni ikkiga boʻlgin“ nomli sheʼri uning 1931-yil hibsga olinishiga sabab boʻladi[2]. Ales Garodnaya oʻzining koʻp sheʼrlarida Sovet ittifoqini tanqid qilgan[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]