Alemannlar
Alemannlar (lotincha: Alamanni) — Dunay va Reyn daryolari yuqori oqimida, Rim imperiyasi mulklariga qarama-qarshi qirgʻoqlarda yashagan germanlarning 3-asr oxiridan maʼlum boʻlgan rimcha nomi. Rimliklar Janubiy Germaniyadan Galliyaga bostirib kirgan qurolli toʻdalarni Alemannlar deb atagan. Birok, Alemannlar rimliklardan farqli ravishda oʻzlarini „shvablar“ deyishgan. 4-asrdan alemann yollanma harbiylari Rim imperiyasida yuqori mavqega ega boʻla boshlagan. Masalan, 306 yil Konstantin I Rim taxtini egallashda Alemannlardan Krokus yordamiga tayangan. Imperator Konstantin II oʻz raqibi Magnensiya imperatoriga karshi kurashda Alemannlar qoʻshinidan foydalangan, biroq 357 yil Yulian Murtad ularni Argentorat (Strasburg) ostonasida tor-mor keltirgan. Soʻnggi oʻrta asrlarda oʻrta lotin tilidagi „Alamannia“, fransuz va ispan tillaridagi „Alltmagne“ hamda „Alemania“ atamalari „Germaniya“ atamasi bilan oʻrin almashgan.
Yana qara[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |