Aleksandr Viktorovich Abt

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Shaxsiy maʼlumotlari
Toʻliq ismi Aleksandr Viktorovich Abt
Tavalludi Rossiya
Yashash joyi AQSh, New Jersey
Boʻyi 179
Oldingi murabbiylari Aleksandr Julin
Rafael Arutyunyan
Sergey Nikolaevich Volkov
Shaxsiy rekordlari
Qisqa dastur 73.05
Erkin dastur 121.40

Aleksandr Viktorovich Abt (ruscha: Александр Викторович Абт; 22-oktyabr 1976-yil, Moskva, SSSR) — erkaklar oʻrtasidagi yakkalik konkida uchish musobaqalarida qatnashgan sovet va rus figurali uchuvchisi. 2003-yil Rossiya chempionligini qoʻlga kiritgan va 1991-yil oʻsmirlar oʻrtasidagi vitse-jahon chempioni boʻlgan. Janubiy Koreyada boʻlib oʻtgan qishki Universiadaning bronza medali sovrindori. Rossiyada xizmat koʻrsatgan sport ustasi. 1997 — 1998-yilgi mavsumda boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida bronza medalini qoʻlga kiritgan.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Viktorovich Abt 6 yoshida birinchi marta konkida uchishni boshlagan. Dastlab u bilan murabbiy Sergey Volkov, keyinroq esa Rafael Arutyunyan shugʻullangan. Oʻzining sport faoliyati davomida Aleksandr turli jarohatlarga duchor olgan. Ulardan eng jiddiyini 1996-yilda Meksikada boʻlib oʻtgan musobaqadagi namoyishlarida olgan. Aleksandr Viktorovichning soʻnggi havaskor turniri 2004-yilgi Rossiya chempionati boʻlib, u yerda olgan jarohati tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan.

1999-yilda Aleksandr rossiyalik figurali uchuvchi (muz ustida raqs) Yelena Pavlovaga uylandi. Er-xotinning 2000-yil mart oyida dunyoga kelgan Makar ismli oʻgʻli bor. Hozir oila AQShning New Jersey shtatida istiqomat qiladi. Aleksandr va Yelena mahalliy muz maydonchasida mashq qilishadi.

2008-yilda Aleksandr Rossiya televideniyesining „Birinchi kanal“ ida efirga uzatilgan „Muzlik davri-2“ (Lednikoviy period-2) nomli koʻrsatuvida ishtirok etgan va u yerda aktrisa Anastasiya Makeeva bilan chiqish qilgan[1].

Natijalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1998-yildan keyin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqalar \ Fasllar 1998 — 1999 1999 — 2000 2000 — 2001 2001 — 2002 2002 — 2003 2003 — 2004
Qishki Olimpiya oʻyinlari 5
Jahon chempionatlari 6 8 4
Yevropa chempionati 4 4 2
Rossiya chempionati 3 3 2 1
Gran-pri finali 5 4 4
Gran-pri bosqichlari: Rossiya kubogi 3 2 3 6
Gran-pri seriyasi bosqichlari: NHK Trophy 5
Gran-pri seriyasining bosqichlari: The Bofrost Cup on ice 2 4 4 2
Gran-pri seriyasining bosqichlari: Skate America 7 5 3 2

1998-yilgacha[tahrir | manbasini tahrirlash]

Musobaqalar \ Fasllar 1990 — 1991 1992 — 1993 1993 — 1994 1994 — 1995 1995 — 1996 1996 — 1997 1997 — 1998
Yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionati 2 7 8
Yevropa chempionati 3
Rossiya chempionati 4 4 18 7 4
Gran-pri seriyasi bosqichlari: NHK Trophy 8
Gran-pri seriyasining bosqichlari: The Bofrost Cup on ice 3
Gran-pri seriyasining bosqichlari: Skate America 3 3
Nebelhorn kubogi 3 3

Filmografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2008-yil — Jarkiy lyod — Maksim Voronin[2]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Figurali uchish boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati 1993-yil
  • 2002-yilgi qishki Olimpiya oʻyinlarida figurali uchish — yakkalik (erkaklar)

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]