Aleksandr Tixonov (tilshunos)
Aleksandr Nikolayevich Tixonov | |
---|---|
Tavalludi |
20-noyabr 1931-yil Potashevka, Boshqird ASSR, SSSR |
Vafoti |
16-mart 2003-yil (71 yoshda) Moskva, Rossiya |
Fuqaroligi | SSSR → Rossiya |
Sohasi | Tilshunos |
Taʼlimi | Samarqand davlat universiteti |
Aleksandr Nikolayevich Tixonov (1931-yil 20-noyabr, Potashevka – 2003-yil 16-mart, Moskva) – sovet va rus tilshunosi, leksikograf, rus derivatologiyasi sohasidagi mutaxassis. Tixonov rus tilida soʻz yasovchi qoʻshimchalar lugʻatlarini tuzish tamoyillarini ishlab chiqishga katta hissa qoʻshdi[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandr Tixonov 1931-yil 20-noyabrda Boshqirdistonda tugʻilgan[2].
1947-yildan Tojikistonda rus tili oʻqituvchisi boʻlib ishlagan.
1955-yilda Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetini imtiyozli diplom bilan tugatgan. 1956—1968-yillarda Samarqand davlat universitetining rus tilshunosligi kafedrasi oʻqituvchisi va dotsenti kabi lavozimlarda ishlagan. 1968-yilda Samarqand pedagogika instituti prorektori boʻlgan.
1974-yilda "Soʻz yasalishi va soʻzlarning formal-semantik munosabatlari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1978-yilda SSSR Fanlar akademiyasining Rus tili institutida rus tilini millatlararo muloqot vositasi sifatida oʻrganish sektori mudiri etib saylandi. Rus tili instituti va „Shimoliy Yevroosiyo tillari va madaniyatlari“ ilmiy-taʼlim markazida yetakchi ilmiy xodim boʻlib ishlagan.
2001-yil 1-martda uning tashabbusi bilan I.Yelets nomidagi Yelets davlat universitetida Oʻquv leksikografiyasi laboratoriyasi tashkil etildi.
Aleksandr Tixonov 2003-yil 16-martda vafot etgan. Vafotidan soʻng Moskvadagi Rakitki qabristoniga dafn etilgan (Kaluga shossesi boʻylab Moskva halqa yoʻlidan 10 km uzoqlikda).
Asosiy ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Zamonaviy rus tili leksikasi
- Zamonaviy rus tilida soʻz yasash
- Morfemik imlo lugʻati
Morfologik tahlilga yondashuv
[tahrir | manbasini tahrirlash]Aleksandr Tixonovning morfologik tahlili boshqa mashhur rus tilshunoslarining morfologik tahlilidan farq qiladi. Xususan, T. F. Yefremova va A. I. Kuznetsova lugʻatida muqobil morfologik tahlil mavjud.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Bolʹšaâ rossijskaâ énciklopediâ. Moskva: Bolʹšaâ Rossijskaâ ènciklopediâ. ISBN 978-5-85270-367-5.
- ↑ „Тихонов Александр Николаевич“. www.scienceforum.ru. Qaraldi: 8-sentabr 2023-yil.